1- dars. Mavzu: informatika fani nimani o'rganadi sana: 7- sinf



Yüklə 81,57 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü81,57 Kb.
#159727
  1   2   3   4
1-21430397159


1- dars . Mavzu: INFORMATIKA FANI NIMANI O'RGANADI


Sana: 7- sinf
Darsning maqsadi :
Ta`limiy : O`quvchilarga Informatika fani haqida tushuncha berish

  1. Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

  1. Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish

g) Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .
Aborot, to`plash, saqlash, qayta ishlash,
Dars tipi Yangi bilim beruvchi
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars turi Disput
Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
(Dars turi belgilab olinadi va yoziladi .)
Dars metodlari: chuqurlashtirilgan maruza
DTS ga asosan ta`lim mazmuning majburiy inimumi
Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik
Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.
Darsning plani.
Tashkiliy qism .
O`tgan mavzuni so`rash .
Yangi mavzuni o`rganish .
Darsni mustahkamlash
Uyga vazifa
Drsning borishi
Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha savollar.
Ahamiyatni anglash:
"Informatsiya"so'zi turli tillarda ishlatilib, ma'nosi turlicha talqin qilinsa ham barchasining asosida lotincha informatio so'ziyotadi. U«ma'lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma'noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so'zi axborot deb
tushunUadt
Informatika fan sifatida
XX asrning 50-yillarida yangi fan — informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuz so'zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo'lgan. Uning tarjimasi "axborotli avtomatika" deb tushuniladi.
Bu terminning ingliz varianti ham bor bo'lib, u "Computer science", ya'ni "kompyuter ilmi" deb ataladi.
Informatika kompyuter texnikasiniqollashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plcLsh, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'uttanuvchifandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo — axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatikani sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
Axborot va bilish haqida
IX—X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich — aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o'zaro bog'liq bo'lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san'atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilish-ga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta'kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar «tashqi talablar» bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri—badan sezgisi; ta'm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.
Axborot tushunchasi
Axborotning o'zi nima? Uning ilmiy ta'rifi mavjudmi? Axborot o'z mazmuni va shakliga ko'ra moddiymi? - Insoniyat paydo bo'lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko'radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berilgani yo'q va berish mumkin emas.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot — texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo'lsa, tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o'z sohalari bilan bog'liq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.

Yüklə 81,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə