1- matematikadan sinfdan tashqari ishlar. Matematik o`n minutliklar va soatlar


Matematik kechalar va viktorinalar



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü29,41 Kb.
#168922
1   2   3   4
14-M (1)

4. Matematik kechalar va viktorinalar.- matematika kechalarini matematika to`garagining hisoboti tariqasida, shuningdek o`quvchilar nomerlashni yozma va og`zaki hollarini o`rganib olganlaridan keyin o`tkazish mumkin. Uning maqsadi o`quvchilarning matematikadan bilimlarini amalda tadbiq qilish qobiliyatlari, og`zaki va yozma, tez hisoblash ko`nikmalari, fazoviy tasavvurlarini hisobga olishdan iboratdir.
Uning mazmuni tarixiy ma'lumotlar, hisoblashlar va qiziqarli masalalar va matematik o`yinlardan iborat bo`ladi. 1 sinfda «Raqamlar bayrami» kechasini o`tkazish mumkin. 10 gacha Misol.
Ikki oyoq ikki qo`l.
Ikki hajmin bildirar.
O`ylab unga ko`p misol.
Qani kimlar keltirar.
Ayirish ham bir yumush,
O`ylab ko`rib qilgin ish,
Katta sondan kichkina,
Mumkin, faqat ayirish.
Kechaga ota – onalar, o`qituvchilar va hoxlovchilar qatnashishadi.
Matematika viktorinalar asosan o`quvchilarga yechish uchun beriladigan savollar va topshiriqlardan iborat bo`ladi.
Javoblar yozma ravishda topshiriladi va g`oliblar aniqlanadi. Namunalar:
1. Qachon ikki sonning yig`indisi birinchi songa teng bo`ladi?
2. 3 kg paxta og`irmi yoki 3 kg temir?
3. Beshta 2 raqami va amal ishoralari yordamida 14 ni qanday hosil qilish mumkin?
5. Matematik matbuot. – Boshlang`ich sinflarda chiqariladigan Gazeta mazmuni ko`proq qiziqarli materiallar asosida tashkil qilinadi. Uni to`garak a'zolari chiqarishi mumkin. Gazeta, odatda matematik burchak deb ataluvchi burchakka osib qo`yiladi.
Matematika burchagida matematikaga tegishli o`quv asboblari, materiallari saqlanadi.
6. Matematik ekskursiyalar. – ning asosiy maqsadi – aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish va o`quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo’li bilan olinadi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar bilan bu turdagi ekskursiyalarni o`tkazish ancha qiyindir, shuning uchun o`qituvchi ekskursiya o’tkaziladigan joyga oldin borib, ko’rib kelishi va unga puxta tayyorgarlik ko`rishi kerak bo`ladi.
Ekskursiyadan ko`zlangan maqsad o`quvchilarga tushunarli bo`lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo`lgandagina ular oldindan nima qilishlari kerakligini va o`zlarini qanday tutish kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o`rniga qarab, o’quvchilar har xil ustaxonalarga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermalarga, dalalarga va boshqa joylarga ekskursiyalar o`tkaziladi.
O`quvchilar bunda ishchilarning mehnatlarini kuzatadilar va mahsulot hajmini, materiallar sarfini, ish unumini, tyejamkorlikni tavsiflovchi son ma'lumotlarini qayd qilib boradilar. Ekskursilardan olingan «Jonli» sonlar o`quvchilarning o`z masalalarini tuzishi va yechishlariga, ko`rgazmali qurol tayyorlashlariga asos bo`ladi.
Ekskursiya o’tkazish natijasida olingan material nafaqat matematika darslarida boshqa o’quv shakllarida muvoffaqiyatli qo’llanishi mumkin.
Masalan: Bir soatda ekskvator 4 metr uzunlikdagi chuqurlikni kovladi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlikni kavlaydi.

Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə