1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə24/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjudligini e`tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar hajmi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari bog’liqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu bog’liqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:

a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;

b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.


Agar auditor auditorlik tekshiruvi chog’ida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniqlanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv chog’ida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
  • qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);
  • tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;
  • auditorlik tanlash hajmini oshirish.

Auditorlik tekshiruvida firibgarlikni aniqlash

Reja:

  • 1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
  • 2. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi
  • 3. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar

1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi

Firibgarlik bu qalloblikni qo’llash bilan bog’liq oldindan bilib amalga oshirilgan harakatdir. Firibgarlik moliyaviy hisobotini jiddiy o’zgartirib yuboradi.


Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə