1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/26
tarix17.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#122189
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
1-Tajriba ishi 12 soat2

TABIIY YORITISh.

Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida sanitariya gigiyena me’yoriy sharoitlarni yaratish maqsadida hamma ishlab chiqarish binolari, ma’muriy idoralar, maishiy xonalar kunduz kunlari tabiiy yorug`lik bilan ta’minlanadi.Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlari tabiiy yorug`lik bilan ta’minlanganda ish unumdorligi sun’iy yorug`likka nisbatan 10-12 % yuqori bo’lishi aniqlangan.Ishlab chiqarish binolarini tabiiy yoritishni quyidagi usullari mavjud: Korxona binolaridagi ish o’rinlari deraza yordamida yoritilsa yon tomondan yoritish . Juda katta ishlab chiqarish binolari yuqori tomondan maxsus qoldirilgan derazalar, fonarlar yordamida yoritilsa, yuqoridan yoritish deyiladi.


1. Bir vaqtning o’zida yon tomondan va yuqoridan yoritilishi aralash yoritish .
2. Bir vaqtning o’zida tabiiy va sun’iy yoritishdan foydalanilsa birgalikda yoritish.
Yon tomondan yoritishning o’zi qo’llanilganda ish o’rinlari notekis yoritiladi : ya’ni yorug`lik derazalar yaqinida yuqori, derazadan uzoqlashgan sari ish joylaridagi yorug`lik kamayib boradi. Bu farq esa, uskuna jihozlarni to’sishi bilan yanada ortadi.
Ishlab chiqarish binolarini tabiiy yoritish manbai quyosh bo’lganligi sababli uning ravshanlik darajasi ko’pgina omillarga ya’ni : geografik kenglik, yil fasli, quyoshning holati, havoning tozalik darajasi, havodagi bulutlarning ko’p-kamligi, kunduz kunning vaqti va boshqa omillarga bog`liq bo’ladi. Shuning uchun tabiiy yoritilganlikni me’yorlashtirish uchun olib boriladigan hisoblash ishlarini bajarishda tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti kattaligidan foydalaniladi.Tabiiy yoritish koeffitsiyenti foizlarda ifodalanib, quyidagi ifoda (formula) yordamida aniqlanadi.

Bu yerda
Eichki/Etashki - tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining foizlarda hisoblangan kattaligi ;
Eichki - bino ichidagi biror bir nuqtaning yoritilganligi.
Etashki - binoning tashqarisida bir vaqtning o’zida o’lchangan yoritilganlik.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining me’yoriy qiymatlari "Tabiiy va sun’iy yoritish" "Yoritish me’yorlar"ida keltirilgan.Ishlab chiqarish binolaridan foydalanish jarayonida ish o’rnidagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki deraza oynalarining yuzalari ifloslanishi oqibatida ularning yorug`lik o’tkazish koeffitsiyenti 45-60 % kamayadi, devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsiyentlarini kamaytiradi, shuning uchun ham sanitariya me’yorlarida yorug`lik tushadigan deraza oynalari yuzalarini kam chang ajralib chiqadigan xonalarda yiliga 2 marta, tutun ajralib chiqadigan xonalarning derazalarini yilida kamida 4 marta tozalash tavsiya etiladi.
Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritish me’yorlari"ga asosan ishning aniqlik darajasi va yoritish turiga qarab, talab qilinadigan tabiiy yoritish koeffitsiyenti me’yorlari jadvalga keltirilgan .

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə