1. 1-mavzu. Evolyusion psixologiyaga kirish Reja


Falsafa, tabiiy fanlar va psixologiya



Yüklə 196 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü196 Kb.
#137020
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza

2. Falsafa, tabiiy fanlar va psixologiya.

Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar bo’yicha to’plangan ma'lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qat'iy nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.


Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatgichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (“Qari bilganni - pari bilmas”). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar, o’qituvchilar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirihishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko’pmi psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari, ta'sir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakka hol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni ta'kidlab o’tishning o’zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik bilimlar o’rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddaodir. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, sinchkov bola o’z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta'sir o’tkazadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko’zlangan maqsadiga erihish uchun katta yoshdagi odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror shaxsga yo’naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar, operatsiyalar yordamida ma'lumotlar to’plash va ularni umumlashtirishga intiladi, izlanyotgan ob'ektning xususiyati, holati, munosabati, bog’lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta'riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi. Odatda shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari bo’yicha turmush haroitidagi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o’zaro o’xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o’zining tuzilishi, tarkibi, aniqligi, mantiqan izchilligi, ma'noning yig’iqligi bilan keskin ajralib turadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida to’planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasidagi dastlabki (birinchi) farqni harhlashga yo’naltirilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid amaliy psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin emas. Xolbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Buning asosiy sababi shuki, ko’pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada uchragan voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi, keyinchalik undagi ayrim dag’allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun bunday psixologik bilimlar maxsus uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to’g’ridan-to’g’ri muomala tizimiga uzatiladi.
Turmushda uchraydigan go’daklarning har xil shakldagi xarxashalari va ularning maqsadga erihish istaklari kundalik hayotiy tajribalarning sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif va mustahkam tomonlarini puxta o’rganadilar, bu borada muayyan qarorga kelganlaridan so’ng har qaysi shaxsga yakka hol yondahishini amaliyotga tatbiq qilib ko’radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma'lum tizimga kiritiladi, ularning barqaror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo’llanila boshlanadi.
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko’p uchraydigan, ayniqsa, o’qituvchilar, murabbiylar, trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida namoyon bo’luvchi ta'limiy, tarbiyaviy, tibbiy uslub arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi. Amaliy faoliyatda erishilgan ushbu samara psixologik tahlilga muhtojdir, chunki uni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv yoki sub'ektiv omillarni dalillash ancha mushkuldir. Buning uchun o’zgalarga ta'sir o’tkazish usuli, ularda ichki imkoniyatga ishonch tuyg’usini uyg’otish qo’zg’ovchisi, ta'sirga beriluvchanlikni kuchaytiruvchi motivlar (frantsuzcha “motif” qo’zg’atuvchi sabab ma'nosini bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Faqat mana shu yo’l bilangina siljishning psixologik ma'no kasb etishini dalillash mumkin, xolos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, oqilonalik xususiyatiga ega bo’ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g’oyalarni ilgari surish daqiqasidan boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg’a surilgan g’oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma'nosiga erishsagina ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi. Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni davom ettirsak, unda ular o’rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko’zga tashlana boshlaydi. O’zidan o’zi ma'lumki, hayot psixologiyasida to’plangan bilimlarni me’ros sifatida bevosita qoldirish yoki ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo’l bilan uzatish imkoniyati o’ta cheklangandir. Chunki, keksa (katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh avlod to’g’ridan-to’g’ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakka hol ravishda hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o’tkazganidan keyingina ularning to’g’riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki katta avlod bilan yosh avlod o’rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, to’xtovsiz ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat qonuniyatlariga aylanib ketgandir. Avlodlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, anglashilmovchilik to’sig’i, hayot dialektikasini vujudga keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof, iymon, nafosat, adolat, erk tushunchalari atrofidagi bahslarni davom ettirishga puxta zamin hozirlaydi.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqli o’laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so’z va alomatlar orqali, nutq yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularning yoyilish ko’lami keng, tarqalish sur'ati tezdir.
Kundalik turmushda to’planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o’tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro’y bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma'lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko’rinishini kutib o’tirmasdan, balki zarur haroit yaratiladi. Shu faktni (omilni) yana bir marotaba ta'kidlash o’rinliki, ilmiy psixologiyada katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste'dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo’lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug’iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy psixologik bog’lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakka hol turmush og’irliklari va tashvishlarini kamaytirish, aqliy hamda jismoniy zo’riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish singari sa'yi-harakatlarni faqat ilmiy psixologik materiallarga asoslangan holda oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar) o’tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala singari tushunchalar bo’yicha materiallar to’plab beradi. Shuningdek, psixik aks ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini o’zi anglash) moddiy asoslari, mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning o’zligini anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
Endi psixologiya fanining premeti to’g’risidagi savolga javob berishga harakat qilaylik. Ma'lumki, psixologiya tarixida bu muammoni tahlil qilishga bag’ishlangan son-sanoqsiz tadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chunki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.
"Psixologiya" (yunoncha “psychelogos”) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak, u "jon", "ruh" haqidagi "fan, ta'limot" degan ma'no anglatadi. Biroq hozirgi davrda "jon" tushunchasi o’rniga "psixika"ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan "jon", "psixika" tushunchalari aynan bir xil ma'noni bildiradi. Lekin "psixika" tushunchasi bugungi kunda "jon"dan kengroq ko’lamga ega bo’lib, ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo’lish xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanihamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki, sub'ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha so’z bilan aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Ichki, sub'ektiv tajribaning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg’ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya'ni bularning hammasi sub'ektiv psixik hodisalar sanaladi. Sub'ektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita sub'ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o’zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo’layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turadi.
Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.Yuqorida ta'kidlab o’tilgan sub'ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub'ektiv kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ullanishi zarur, uning asosiy metodi o’zini o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari va xatti-harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kerak degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta'minlay olmasligini tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha “psyche” - jon “somo” - tana ma'nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo’lining mo’jizakorligi moddiy va ma'naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo’ladi, o’zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o’rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub'ektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob'ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o’rganish
tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog’liq bo’lmagan holda hukm suruvchi ob'ektiv borliq, ya'ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, haroit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to’g’risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o’rtasidagi bog’liqlik va tafovut bo’yicha mulohaza yuritdik.
Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas, balki uning sohalari bo’yicha ham boy ilmiy materiallar to’plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste'dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1) psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo)
2) psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3) psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar),
4) psixikaning hodisalari,
5) psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6) psixikaning qonunyatlari,
7) psixikaning mexanizmlari,
8) psixik haroit, muhit, vaziyat,
9) o’zaro sababiy bog’lanishlar,
10) tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari va hokazo.



Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə