1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash



Yüklə 199,58 Kb.
səhifə1/66
tarix17.10.2023
ölçüsü199,58 Kb.
#127900
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
FARMAKOGNOZIYA AMALIY


1-2-amaliy mashg‘ulot. DORIVOR MAHSULOTLARNI TAYYORLASH
(BARG, GUL, ILDIZ)

Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta’sir etuvchi kimyoviy moddasi bo‘lgan dorivor o‘simlik organlari – mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng ko‘p yig‘ilgan davrda yig‘ishtirib olish kerak. Kimyoviy moddalar o‘simliklarning hamma organlarida bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun xam ularni turli vaqtlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi. O‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:


Barglar odatda o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‘ib olinadi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o‘simlikka zarar etkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa o‘simlik barglari).
Ba’zan o‘t o‘simliklarning bargini tayyorlash uchun er ustki qismi o‘rib olinadi, so‘ngra barglari teriladi yoki er ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o‘simliklar).
O‘simlikning er ustki qismi (o‘t) o‘simlik gullaganida yig‘iladi. O‘simlikning er ustki qismi poyasining tagidagi barglar oldidan o‘rib olinib, poyaning bargsiz qismiga tegilmaydi. Bo‘yi baland o‘simliklarning esa poyasining tepa qismi (10-20 sm uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o‘simliklar).
Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda yig‘iladi. Kurtaklar o‘simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib so‘ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to‘planadi.
Po‘stloqlar ham erta bahorda, ya’ni o‘simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‘och qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo‘g‘on shoxlaridan shilib olinadi. Po‘stloq olishni osonlashtirish uchun poya yoki yo‘g‘on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofada ikki eridan o‘tkir pichoq bilan ko‘ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po‘stloq ajratib olinadi.

Yüklə 199,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə