1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar miqdorini aniqlash



Yüklə 199,58 Kb.
səhifə43/66
tarix17.10.2023
ölçüsü199,58 Kb.
#127900
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
FARMAKOGNOZIYA AMALIY

34- amaliy mashg‘ulot. O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar miqdorini aniqlash

O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar miqdorini aniqlash usullari ko‘p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan mahsulot tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash yo‘llari asosan spektrofotometrik usullardir. Lekin hozircha bajarilishi ancha oddiy bo‘lgan fotoelektrokolorimetrik usulni bu erda tasvirlash lozim topildi. Spektofotometrik usulga qiziqqanlar, uni XI DF ning tegishli maqolalarida topishlari mumkin.


1 g (aniq tortib olingan) qurtilgan va maydalangan mahsulotni 100 ml hajmli va vertikal holdagi sovutgich bilan birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroform quyib, suv hammomchasi ustida 5 daqiqa qizdiriladi. So‘ngra xloroformli ajratmani filtrlab olinadi. Mahsulotga qaytadan 30 ml xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraksiya qilinadi.
Xloroformli ajratmaga smola, xlorofill va shunga o‘xshash keraksiz – ballast moddalar ajralib chiqqani uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi mahsulot toki xloroformdan tozalanguncha 50–60° S haroratda qizdirib quritiladi. Keyinchalik mahsulotdan flavonoidlarni ajratib olish uchun kolbaga 30 ml metil spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv hammomchasida 30 daqiqa qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml li o‘lchov kolbasiga quyiladi. Kolbadagi mahsulotni metanol bilan chayib, ekstrakt solingan o‘lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik hajmi o‘lchov kolbasining belgisigacha etguncha metanol bilan to‘ldiriladi. O‘lchov kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash uchun kerak bo‘lgan ekstrakt (A ekstrakt) olinadi.
Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori fotokolorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bu usul flavonoidlarning novokain (yoki sulfonil kislota)ning diazobirikmasi bilan rangli reaksiya berishiga asoslangan. Buning uchun 10 ml hajmdagi o‘lchov kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan novokainning 0,5% li eritmasidan 1 ml va 0,2% li natriy nitrit eritmasidan 1,5 ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A ekstraktidan

va natriy ishqorining 10% li eritmasidan 1 ml qo‘shib, suyuqlik hajmini o‘lchov kolbasining belgisiga qadar metanol bilan to‘ldiriladi. So‘ngra kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi kyuvetda ko‘k yorug‘lik filtrida fotoelektrokolorimetr yordamida o‘lchanadi.


A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi standart eritma (rutin, kversetin yoki boshqa sof holdagi flavonoidlar eritmasi) bo‘yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi.
Mahsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (x) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bunda a – 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi; b – mahsulot namligi (% hisobida); c – tahlilga olingan mahsulotning gramm miqdori.



Yüklə 199,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə