1. 2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Reja



Yüklə 111,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix25.12.2023
ölçüsü111,42 Kb.
#161053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.2-ma\'ruza (26-40) (4)

BNC-konnektor
.
Kabelning oxiriga o‟rnatiladi va T-konnektorga va barrel 
konnektorga ulash uchun xizmat qiladi (2.2-rasm). 
2.2-rasm. BNC-konnektor 
BNC T-konnektor
.
Kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladi. 
Uning konstruktsiyasi uchta razyomdan iborat, ulardan biri razyomni tarmoq 
kartasiga, qolgan ikkitasi magistrallarning ikki oxirini ulash uchun xizmat qiladi (2.3-
rasm). 
2.3-rasm. BNC T-konnektor 
Eng ko‟p uchraydigan kabel – bu 
mis o’rama juft
kabelidir. U signallarni 
elektr signallar yordamida uzatadi. O‟z nomidan kelib chiqib, ushbu kabel bir-biridan 
izolyatsiyalangan bir nechta juft o‟ralgan o‟tkazgichlardan foydalanadi. Simlarni 
o‟rash tashqi manbalar elektromagnit maydon ta‟sirini kamaytirish imkonini beradi. 
Bugungi kunda eng ommaviy kabellar 5 va undan yuqori kategoriyali kabellardir. 
Aynan ushbu kategoriyalardan boshlab juft o‟tkazgichalar har xil intensivlik bilan 
o‟raladi, bu simlarning o‟zaro ta‟siri va bir biriga xalaqit berishini kamaytirish 
imkonini beradi. O‟rama juft 
ekranlashgan 
va 
ekranlashmagan
bo‟ladi. Agar kabel 
markirovkasi U harfidan boshlansa, bu kabel ekranlashmaganligini bildiradi. S 


29 
harfidan boshlansa, bu ekran sifatida simli o‟ram ishlatilayotganini anglatadi, agar F 
harfidan boshlansa ekran sifatida folgadan foydalanilganligini anglatadi. 
U/UTP (Unshielded Twisted Pair) markirovkasi – bu oddiy ekransiz o‟rama 
juft. Masalan, F/UTP (Shielded Twisted Pair) kabel folga bilan ekranlashganini, lekin 
o‟ralgan o‟tkazgichlarning o‟zi ekranlashmaganini anglatadi. Ya‟ni birinchi harf 
kabelning umumiy ekranini, “/” belgisidan keyingisi esa o‟tkazgichlarning 
o‟zilarining ekranlashganini ko‟rsatadi. F/FTP markirovkasi har bir juft folga bilan 
ekranlashganini va qo‟shimchasiga barcha juftlar folgali ekran bilan o‟ralganini 
anglatadi (2.4-rasm). 
2.4-rasm. Kabel markirovkalari. 
Agar kabelning kategoriyasi qanchalik yuqori uning bo‟lsa uzatish tezligi va 
o‟tkazuvchanligi shunchalik yuqori bo‟ladi. Quyida kabel kategoriyasining tezlikka 
va o‟tkazuvchanligiga bog‟liqligi bo‟yicha qisqacha ma‟lumot keltirilgan. 

Yüklə 111,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə