1. 2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Reja


 IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) texnologiyalari



Yüklə 111,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix25.12.2023
ölçüsü111,42 Kb.
#161053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.2-ma\'ruza (26-40) (4)

1. IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) texnologiyalari,
standartlar va vositalar
 
1980 yili IEEE(Institute of Electrical and Electronics Engineers) – 
elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti tarkibida lokal komp‟yuter 
tarmoqlarini standartlashtirish bo`yicha 802 komitet tashkil qilingan bo`lib, uning 
faoliyati natijasida IEEE 802.x standartlari to`plamlari qabul qilingan edi. Bu lokal 
komp‟yuter tarmoqlarini quyi sathlarini loyixalash bo`yicha tavsiyalardan iborat 
standartlar to`plamidir. Keyinchalik 802 komitetning ish natijalari asosida ISO 8802-
1…5 halqaro standartlar kompleksi ishlab chiqildi. Bu standartlarga o`sha paytda 
keng tarqalgan Ethernet, ArcNet va Token Ring kabi tarmoq standartlarining 
ko`rsatgichlari asos bo`lgan edi. 


27 
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi: 
802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish; 
802.2 - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni 
boshqarish; 
802.3 - Ethernet CSMA / CD kirish usuli bilan
802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar; 
802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar; 
802.6 - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network; 
802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish bo'yicha 
texnik maslahat guruhi; 
802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun 
texnik maslahat guruhi; 
802.9 - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va 
ma'lumotlar tarmoqlari; 
802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi; 
802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar; 
802.12 - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli 
kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar. 
Lokal tarmoqlarning rivojlanish vaqtida tarmoq kabellarining yetarlicha ko‟p 
turlari paydo bo‟ldi va ularning barchasi standartlar talablarining natijasidir. Ularning 
ba‟zilari tarixda qoldi, ba‟zilari esa endi qo‟llanilmoqda va ular tufayli biz o‟zimizga 
kerakli bo‟lgan yuqori tezlikda ma‟lumotlar almashish imkoniyatiga egamiz. 
Kompyuter tarmoqlarida eng ko‟p qo‟llaniladigan kabellar: koaksial kabel
o‟rama juft kabeli va optik tolali kabellardir. 
Koaksial kabel
– tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan eng dastlabki 
o‟tkazgichlardan biri. Koaksial kabel qalin izolyatiya bilan o‟ralgan markaziy 
o‟tkazgich, misli yoki alyuminli o‟ram va tashqi izolyatsiya qobig‟idan tashkil topgan 
(2.1-rasm). 


28 
2.1-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi. 
Koaksial kabellar bilan ishlash uchun turli tipdagi bir qancha razyomlar 
qo‟llaniladi. 

Yüklə 111,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə