1-2 Mat 21 guruh talabasi Hayitov Jasurning Geometriya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 9,63 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü9,63 Kb.
#181062
1   2   3   4
1-2 Mat 21 guruh talabasi

Malaka va ko‘nikmalar amaliy mashqlar bajarish jarayonida shakllantiriladi. H isoblashga oid masalalar geometriyaning har bir bo‘limida mavjud bo‘lib ular asosan egallangan nazariy bilimlar, ularni o‘rganish jarayonida chiqarilgan xulosalar, geometrik figuralar elementlari orasidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi xossa va xususiyaylardan foydalangan holda burchak, uzunlik, yuza, hajm kabi kattaliklarni topishni maqsad qilib qo‘yadi

Masalan, uchburchakning tomonlari va burchagiga, tomon uzunliklari, asosi va balandligiga ko‘ra yuzasini hisoblash, asosining yuzi va balandligiga ko‘ra hajmini topish kabi masalalarni hisoblashga oid masalalar tarkibiga kiritish mumkin. Tekisliklarda yechishga oid masalalarni sirkul va chizg‘ich yordamida yеchishda gеometrik tushuncha, xossa va xususiyatlarga tayanib ish ko‘ruvchi to‘g‘rilash, geometrik o‘rinlar, simmetriya, parallel ko‘chirish, o‘xshashlik yoki gоmоtеtiya, inversiya hamda algebraik tushuncha, xossa va xususiyatlarga tayanib ish ko‘ruvchi algebraik metodlardan foydalaniladi

Yasashga oid gеometrik masalalarni yechish jarayoni qaysi metod bilan amalga oshirilishidan qat’iy nazar, u bir qancha bosqichlarda bajariladi va ular tekislikda yasashga oid masalalarni yechish bosqichlari deb yuritiladi. Bular tahlil, yasash, isbot va tekshirish bosqichlari bo‘lib, har bir bosqich masala yechish jarayonida ma’lum bir maqsadni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Tahlil bosqichi: Masala yechishning eng muhim, ijodiy bosqichi bo‘lib, bunda yasalishi lozim bo‘lgan F figura, masala talablariga mumkin qadar to‘la javob beradigan darajada taxminan chizib olinadi. Tahlil rasmsida masala shartida berilganlar bor yoqligi aniqlanadi, agar ular rasmda aks etmagan bo‘lsa qo‘shimcha chizib olinadi

Natijada asosiy ya’ni yasalishi lozim bo‘lgan figura bilan hamjihatlikda bo‘lgan bir qancha yordamchi figuralar hosil bo‘ladi. Yordamchi figuralarda masala shartida berilganlar bilan bir qatorda, izlangan ya’ni yasalishi lozim bo‘lgan asosiy figuraning nuqtalari ham joylashadi. Shu tariqa berilganlar va izlanganlar orasidagi bоg‘lanishlarni o‘rnatish natijasida asosiy figurani yasash imkoniyatlari axtariladi.


Yüklə 9,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə