1. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi. Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi Beruniy 1973-yilgi eron markazida


Al-Beruniy 1973-yilgi eron markazida



Yüklə 77 Kb.
səhifə3/4
tarix15.05.2023
ölçüsü77 Kb.
#110398
1   2   3   4
Abu Rayhon Beruniy

Al-Beruniy 1973-yilgi eron markazida

Beruniy o`lchab topgan qiymatlar bo`yicha o`ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e’tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo`ladi. Bu raqam hozirgi vaqt¬da olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya’ni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil etadi. So`ngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma’lum bo`ladi. Yer aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, tog` balandligini o`lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan. Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: „Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya’ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko`paytir, hosil bo`lgan ko`paytmani 7 ga bo`l, shunda sen o`lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi“.


Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14… ni ifodalaydi. Shunday qilib, Beruniy shaxsan o`zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko`ra, Buxoro shahrining kengligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qiladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o`rganish, uni o`quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o`rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o`sha davrning deyarli barcha fanlariga qo`shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo`ladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu.Krachkovskiy „uning qiziqqon ilm sohalaridan ko`ra qiziqmagan sohalarini sanab o`tish osondir“ deb baho bergan edi. G`arb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo`lishi kerak“ degan fikrni bildiradi.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə