1. adabiyotlar sharhi auditorlik hisoboti va uning tarkibi



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə1/9
tarix14.06.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#117247
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Auditorlik hisoboti va uning tarkibi kurs ishi



MUNDARIJA


KIRISH....…………………………………………………………………2

1. ADABIYOTLAR SHARHI…………………………………………...5

2.Auditorlik hisoboti va uning tarkibi/…………………………………7

2.1.Audit natijalarini umumlashtirish………………………………….7

2.2.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi……………………………12

3.3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi……………………………16

4.XULOSA………………………………………………………………. 24


5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….. 26


KIRISH
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va respublikamizda bozor iqtisodiyoti
asoslarini mustahkamlashga yo'naltirilgan islohotlami chuqurlashtirish
sharoitida bank-moliya tizimi va xususiy tadbirkorlik sektori barqarorligini
ta’minlovchi audit tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mustaqil
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorlik va unumdorlik
ko‘rsatkichlariga asosan baholash, korxonalar boshqaruv va moliyaviy
faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalar yuzasidan asosli tavsiya
hamda yo‘nalish berishda zamonaviy mustaqil auditning xizmati beqiyos.
Bu esa milliy iqtisodiyotning xususiy sektori rivojida, shu jumladan,
xususiy tadbirkorlik va moliyaviy munosabatlarini qo‘llab-quwatlash
hamda mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Auditorlik faoliyatining milliy iqtisodiyotda tutgan muhim o‘mini
inobatga olib, mustaqillik yillarida respublikamizda tashqi auditorlik
faoliyati tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantiiishga katta e ’tibor
qaratib kelinmoqda. Xususan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish va servis sohasini
rivojlantirishm jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi 17. 04. 2006-
yil PQ-325-sonli qaroriga asosan auditorlik sohasida faoliyat yuritayolgan
yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i va yagona
soliq to'lovi to!lashdan ozod etildi1hamda « 0‘zbekiston Respublikasida
2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko'rsatish va servis sohasini
rivojlanlirishnijadallashtirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'ri-
sida»gi 21.05.2007-yil PQ-640-sonli qarorlariga asosan mikrofirmalar
va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq imtiyozlariga amal qilish
muddati 2010-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi. Mustaqillik yillari davomida auditorlik faoliyati rivojiga alohida e’tibor
berilmoqda. Bu sohada faoliyat yuiitayotgan tashkilotlarga hamda auditorlik
faoliyati nazariy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar
olib borayotgan olim-tadqiqotlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda Ammo hozirgi kunda respublikamizda milliy auditorlik faoliyatini
zamonaviy moliya bozori talablariga mos ravishda rivojlantirishga
berilayotgan katta e’tiborga qaramasdan, milliy audit tizmining amaliy
va metodologik asoslari borasida o'z echimini kutayotgan bir qator
masaJalar ham mavjud. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan
o‘z koiporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va
qimmatli qog'ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib
ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo'qligini ham
tasdiqlaydi.” deya ta’kidlab o'tdilar. Bu esa moliya tizimining boshqa tarmoqiari kabi audit tizimida ham auditorlik faoliyatining kelgusi rivojiga qaratilgan va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Audit ham boshqa bir qator amaliy sohalar kabi o'z predmeti va shu predmetni o'rganish uslubiyatiga ega. Ushbu sohaning tekshiruv predmeti bo'lib, birinchi navbatda, korxonaning moliyaviy hisobotlari hisoblanadi. Mustaqil auditor ushbu moliyaviy hisobotlaming belgilangan qonun talablari asosida tuzilgani va shu korxonaning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o'zgarishlar va pul oqimlari to'g'risida to'g'ri va to‘liqma’lumotberayotganligi yuzasidan o'z fikrini bildirishi uchun qo'llaydigan chora-tadbirlari majmuyi audit tekshiruvining uslubiyati hisoblanadi.
0‘z navbatida, shuni ta’kidlash joizki, moliyaviy hisobotlar bir
necha varoq qog'ozdan tashkil topgan hujjat bo‘lsa-da, ularning oitida
korxonalarda uzoq davr mobaynida sodir etilgan minglab, hattoki
millionnta operatsiyalar natijalari turadi. Ulaming ma’lum xususiyatlnriga
ko‘ra guruhlashtirilishi va umumlashtirilishi natijasida esa moliyaviy
hisobotlar shakllanadi.Iqtisodiyotning erkinlashtirilisi va islohotlarning chuqurlashtirilisi natijasida korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish, auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, hamda hisob kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l yo‘riq, huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatadigan malakali xizmatning yangi shakli- auditorlik faoliyatigaga ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq 2021yil 25 mayda yangi tahrirdagi «Аuditorlik faoliyati to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini taʼminlash maqsadida 2000 yil 22 senntyabrida O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Аuditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘grisida»gi qarori va boshqa qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, auditorlik faoliyati bilan shugullanish huquqi uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari aniqlandi. Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O‘zbekiston hududida faoliyatyat ko‘rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O‘zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.


Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə