1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə6/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

Maydon burchagidagi bayroqlar
O’yin o’tkaziladigan maydonning har bir burchagiga uzunligi 1,5 metrdan oshmagan ustunlar o’rnatiladi. Bu ustunning tepa uchi o’tkir bo’lmasligi va ustunga qalin matoli bayroq ilingan bo’lishi shart. Ushbu bayroqlar yana maydon markazini ajratib turuvchi chiziqning oxirlariga, maydondan tashqariga va yon chiziqdan 1 metr uzoqlikkacha o’rnatilishi ham mumkin.
Burchak sektori
Har bir maydon burchagidagi bayroq asosida oysimon chiziq o’tkaziladi, ushbu chiziq burchakdagi bayrokdan 1 metr radiusdagi o’lchamda chiziladi.
Darvoza
Har ikki darvoza chizig’ining o’rtasiga darvoza o’rnatiladi. Darvoza ikki vertikal ustundan iborat bo’lib, maydon burchagidagi bayroqlardan teng masofada joylashgan. Ushbu ikki ustunni bitta gorizontal joylashgan to’sin birlashtirib turadi.

Darvoza ustunlarining orasi 7,32 metr, darvoza to’sini erdan 2,44 metr masofada joylashgan bo’lishi kerak.
Ikkala ustun va to’sin ham bir xil kenglikda (12 sm gacha) bo’lishi zarur. Darvoza ichida chiziq ham ustunlar va to’sinning kengligida chizilgan bo’lishi zarur. Darvozaga va darvoza ichiga darvozabonlarga xalaqit qilmaydigan qilib darvoza to’rlarini o’rnatish kerak.
Darvoza ustunlari va to’sin oq rangda bo’lishi zarur.
Xavfsizlik
Darvozalar erga mahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak, ko’chma darvozalar esa yuqoridagi talablarga javob bersagina foydalanish mumkin.

  1. Qoida

To’p
To’p uchun xom-ashyo va texnik ma’lumotlar:
To’p:
. Dumaloq shaklda bo’lishi;
. Teri yoki shunga o’xshash xom-ashyodan tayyorlangan bo’lishi;
. Hajmi 70 sm kubdan ko’p yoki 68 sm kubdan kam bo’lmasligi;
. Uchrashuv boshlanish arafasida 410gr-450 gr gacha bo’lishi;
. To’p ichidagi bosim me’yori 0,6-1,1 atm(600-1100 g/sm) ga teng bo’lishi kerak.
Yaroqsiz holatga kelgan to’pni almashtirish
Agar to’p o’yin paytida o’z holatini yo’qotsa, unda:
. Uchrashuvni to’xtatish zarur,
. To’p almashtirilgandan so’ng o’yin to’xtagan nuqtadan «baxsli to’p» orqali davom ettirish zarur.
Agar to’p o’z holatini: maydon tashqarisiga chiqib ketganda, jarima to’pi belgilanganda, burchak to’pi tepilayotganda, 11-metrli jarima to’pi tepilayotganda, yon chiziqdan o’yinga kiritilayotgan paytda yo’qotsa, unda:

  • To’p almashtirilgandan so’ng o’yin to’p kiritilishi bilan davom ettirilishi ko’zda tutiladi.


Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə