1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад


Shuningdek, o’yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo’l qo’ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə15/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

Shuningdek, o’yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo’l qo’ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi:

  • to’p uchun ko’rasha turib, oldin raqib o’yinchisi oyog’iga tegib, keyin to’pga o’ynasa;

  • raqib o’yinchini qo’llari yoki tanasi bilan ushlab qolsa;

  • raqib o’yinchiga qarata tupursa yoki bunga harakat qilsa;

  • to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa(darvazabonlar o’z jarima maydonchasi ichida qo’llari bilan o’ynashlari mumkin).

Jarima to’pi maydonning o’yin qoidasi buzilgan joyidan amalga oshiriladi.
11-metrli jarima to’pi
Agar o’yinchi, to’p qaerda ekanligidan qat’iy nazar (faqat o’yin holatida bo’lishi kerak) o’z jarima maydonchasi ichida yuqorida ko’rsatib o’tilgan qoida buzilishlarning istalgan biriga yo’l qo’ysa, raqib jamoa foydasiga 11-metrlik jarima to’pi belgilanadi.
Erkin zarba
Agar darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida turgan holda quyidagi 4 qoida buzilishi hollarining biriga yo’l qo’ysa,
raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:

  • to’pni qo’lidan chiqarib, hali to’pga xech kim teginmasdan turib yana to’pni qo’liga olsa;

  • o’z jamoadoshi tomonidan atayin etkazib berilgan to’pni qo’llari bilan tegsa yoki egallab olsa;

  • o’z jamoadoshi tomonidan bevosita yon chiziqdan etkazib berilgan to’pni qo’llari bilan tegsa yoki egallab olsa;

  • o’yinni cho’zishga qaratilgan taktik xatti-harakatlarni amalga oshirsa.

Shunindek, uchrashuv xakamining fikriga ko’ra, o’yinchi quyidagi qoida buzilishi holatlarining sodir bo’lishida aybdor deb topilsa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:

  • raqib o’yinchisiga nisbatan xavfli o’ynasa;

  • raqib o’yinchisining harakatlanishiga xalaqit qilsa;

  • raqib jamoa darvozabonining to’pni qo’li bilan o’yinga kiritishiga xalaqit qilsa;

  • 12-qoidada ko’rsatib o’tilmagan boshqa qoida buzilish holatlari qayd etilganda, uchrashuv hakami o’yinchini ogoxlantirish(sariq kartochka) yoki o’yindan chetlashtirish(kizil kartochka) maqsadida o’yinni to’xtatsa.


Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə