Irsiyat, muhit, tarbiya



Yüklə 12,12 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü12,12 Kb.
#180411
  1   2   3   4   5
IRSIYAT, MUHIT, TARBIYA

IRSIYAT, MUHIT, TARBIYA

XAKIMOVA NODIRA


Bolani shakllantiruvchi uch omil
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar.
Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi.
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.

Yüklə 12,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə