Курс иши doc



Yüklə 51,7 Kb.
səhifə1/9
tarix04.07.2023
ölçüsü51,7 Kb.
#119187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Курс иши doc


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI


IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANIDAN
Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanishi”
mavzusidagi
KURS ISHI
Talaba: 2-kurs “205” guruh talabasi
Koshniyazova Sevara Ahmetjon qizi


Ilmiy rahbar: __________B.N. Saidova
Toshkent – 2022
MUNDARIJA:

KIRISH

I BOB.BOLANING IJTIMOIYLASHUV JARAYONI

1.1.Shaxs tushunchasi.shaxs – tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti.

1.2.Bolaning erta ijtimoiylashuvi va ijtimoiylashuv agentlari


II BOB. BOLANING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

2.1.Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni

2.2. Bolaning ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


















KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi.
Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa,badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unliklar va muvozanatliklar ila o'stirishdir”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.


O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va  axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi.  Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. 
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, 
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.



Yüklə 51,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə