Neyropedagogika fani



Yüklə 9,76 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü9,76 Kb.
#180946
  1   2   3
3-amaliy mashg\'ulot Neyropedagogika

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 2-20-guruh talabasi Axmatov Ibrohimjonning Neyropedagogika fanidan tayyorlagan taqdimoti

3-MAVZU: Bosh miya funksional tashkil etilishi neyropedagogikaning tadqiqot obyekti sifatida. Reja: 1. Shaxsning bilish faoliyatida bosh miya yarimsharlarini o‘zaro hamkorligi. 2. Yarimsharlar assimetriyasining yuzaga kelish sababi. 4. “Lateratsiya” tushunchasiga ta’rif va uni yuzaga kelish sabablarini assotsiatsiyalarI.

Nerv hujayrasi – neyron, nerv tizimining asosiy funksional birligidir. Odam miyasida tahminan 25 mlrd, periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlarda esa 25 mln. atrofida neyronlar bo‘ladi. Neyronlar bir-biridan o‘z shakli va katta-kichikligi bilan farq qiladi. 1 – nerv xujayrasining tanasi 2 – nerv xujayrasining kalta o‘simtasi 3 – nerv xujayrasining uzun o‘simtasI

Bosh miya va uning bo‘laklari. Bosh miya- orqa miya, uzunchoq miya, keyingi miya, o‘rta miya, miyacha, oraliq miya hamda miya katta yarimsharlari bo‘laklaridan iborat. bosh miya bo‘laklari va ularning funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritamiz. Orqa miya funksiyalari. Orqa miya filogenetik jihatdan markaziy nerv tizimining qadimgi bo‘lagi hisoblanadi. U organizmning barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi, qo‘l va oyoq terisidagi deyarli barcha visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan tashqari skelet muskullarini ham nerv bilan ta’minlaydi. Orqa miyadan bo‘yinga 8ta, ko‘krakga 12ta, bel va do‘mg‘azaga 5tadan hamda dumhazaga bittadan uchtagacha segmentlar chiqgan. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizlari bor. Oldingi ildizlardan markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizlardan esa markazga intiluvchi afferent tolalar o‘tgan.

Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng bo‘lib, u deyarli barcha harakat reflekslarini yuzaga chiqarishda – siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to‘g‘ri ichak faoliyati, defekatsiya harakatning barqarorligini saqlab turish va moddalar almashinuvini boshqarish, ko‘pchilik qon tomirlarining tonusini saqlash bilan bog‘liq reflekslarni yuzaga chiqarishda ishtirok etadi. Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini hamda tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o‘tirish va tik turish kabilarni ta’minlaydi. Orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri – impulslarni o‘tkazish yoki uzatish funksiyasidir. Bu funksiya nerv tolalaridan tashkil topgan oq modda tomonidan amalga oshiriladi. Retseptorlardan qabul axborotini orqa miyannig orqa hamda yon qismlaridagi ko‘plab o‘tkazuvchi yo‘llari orqali MNTning yuqori bo‘limlariga etkazib, bu bo‘limlardan impulslarni quyi qismga yohud ishchi organlarga uzatadi


Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə