Neyropedagogika fani



Yüklə 9,76 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü9,76 Kb.
#180946
1   2   3
3-amaliy mashg\'ulot Neyropedagogika

Neyrofanlar – neyropsixologiya, neyrobiologiya, neyroxirurgiya sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida bosh miya yarimsharlarining etakchiligi (dominantligi) turlicha bo‘lgan odamlarda ma’lumotlarni qabul qilish, xotirada saqlash, tushunish va o‘zlashtirish strategiyalari turlicha ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu sohadagi nazariy tadqiqotlarning natijalari ta’lim jarayoniga asta sekinlik bilan tadbiq etilayogan bo‘lsa-da, xozirga qadar aniq amaliy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilmagan. SHu sababli neyropedagogika sohasidagi mavjud nazariy bilimlarni ta’lim jarayonini intensivlashtirish, uni samarali tashkil etish hamda boshqarish uchun amaliyotga tadbiq etish pedagogika sohasidagi olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim jarayonida bolalar nutqining rivojlanishiga bosh miya yarimsharlar asimmetriyasi hamda chap va o‘ng yarimsharlar shikastlanishi oqibatlarining turlicha ta’sir etishi L.S.Basser, J.E.Bogen, B.T.Vouds, E.Lenneberg va A.Smitlarning izlanishlarida o‘z aksini topgan.

Tadqiqotlarning ayrimlari tomonidan yarimsharlar asimmetriyasining ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liqligi hamda turli psixologik tipdagi bolalar guruhlarini testlashtirish orqali etakchi yarimsharni aniqlash va tahlil qilish masalalari yoritilgan bo‘lsa, boshqa yarmida ta’lim muammolarini hal etishga umumiy yondashilgan bo‘lib xotira faoliyati, ma’lumotlarni qabul qilish va ularni anglash mexanizmlari o‘rganilgan. YUqorida nomi keltirilgan olimlar neyropedagogikaga, eng avvalo, bolalarning bilimlarni o‘zlashtirishdagi sustlik muammosi echimi sifatida qaraganlar. Bunda, pedagoglar tomonidan neyropsixologiyaga oid bilimlarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishida, bolalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda individual lateratsiya profillari tashxis qilinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olinishi nazarda tutilgan.

Bilim berish jarayoni bolalarda asosan tahliliy tafakkur va verbal ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, muhim noverbal ko‘nikmalarni rivojlantirish masalasi pedagoglarning diqqat markazidan chetda qolmoqda. Amaliyotda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quvchilar bosh miyasining o‘ng yarimsharlar imkoniyatlarini etarlicha faollashtirmasdan, asosan chap yarimsharlar faoliyatiga ko‘proq tayaniladi. Buning oqibatida ta’lim jarayonida faqat chap yarimshar funksiyalari oddiy yo‘l bilan faollashtirilib, ushbu hol o‘ng yarimshar funksiyalari bilan o‘zaro ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqaradi. CHunki shaxsning bilish faoliyatini tashkil etishda bosh miya yarimsharlarini bir-biri bilan o‘zaro hamkorlikda va xamjihatlikda faol ishlashi maqsadga muvofiq bo‘lib, ushbu shartning bajarilishi berilayotgan o‘quv ma’lumotlarini o‘quvchilar tomonidan intensiv o‘zlashtirilishini ta’minlashi mumkin


Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə