Neyropedagogika fani



Yüklə 9,76 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü9,76 Kb.
#180946
1   2   3
3-amaliy mashg\'ulot Neyropedagogika

Funksional xususiyatlariga ko‘ra assotsiativ, komissural va proeksion nerv tolalar o‘zaro farqlanadi. 1. Assotsiativ tolalar – orqa miyaning alohida qismlari va segmentlari o‘rtasidagi bir yoqlama aloqani amalga oshiradi. 2. Komissural tolalar – orqa miyaning qarama-qarshi tomonidagi uchastkalarning funksional aloqadorligini ta’minlaydi. 3. Proeksion tolalar – orqa miyani bosh miya hamda uning bo‘limlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Bu tolalar markazga intiluvchi afferent, sezuvchi va markazdan qochuvchi efferent, harakatlantiruvchi neyronlar ishtirokida o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi.

Uzunchoq miya funksiyalari. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi sifatida Varoliy ko‘prigiga o‘tadi. markaziy nerv tizimining bu ikki qismi funksional nuqtaYi nazardan bir butun tuzilma bo‘lib, keyingi miya deb ataladi. Keyingi miyadagi kul rang moddaning segmentlarga bo‘linishi qisman saqlanib qolgan bo‘lsa-da, bu moddaning asosiy qismi bir-biridan ajralgan yadrolardan iborat. Uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi chegarasida eshituv va vestibulyar nervlar yadrosi, to‘rsimon formatsiyaning ko‘prik qismida esa yuz nervi yadrosi joylashgan. Keyingi miya reflekslari. Ushbu miya bo‘limida hayotiy ahamiyatga ega bir qancha reflekslarning yoylari tutashgan.

Bu reflekslar ichki organlar faoliyatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular jumlasiga nafas olishni boshqaruvchi reflekslar va nafasga aloqador – aksirish, yo‘talish kabi himoya reflekslari kiradi. Nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspiratsiya) jarayonlarini nafas markazi boshqaradi. Bu markaz Varoliy ko‘prigining yuqori chegarasi bilan uzunchoq miyaning pastki qismi o‘rtasida – retikulyar formatsiyaga tegishli sohada joylashgan. Keyingi miyaning ikkinchi muhim hayotiy funksiyasi – qon tomirlar harakatini boshqarishidir..

Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi. Bosh miya katta yarimsharlari ikkita yarimshardan iborat bo‘lib, bosh miyaning eng rivojlaigan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka – qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarimsharning miya qopqog‘i, asosiy markaziy bo‘laklari va ikkita yon qorinchasi bo‘ladi. Ikkita yarimshar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. YArimsharning ustki qismida juda ko‘p pushta va egatchalar mavjud bo‘lib, har bir yarimsharning tashqi, ichki va pastki yuzasi bor. 5-rasm. Vegetativ narv tizimining tarmoqlari Miya yarimsharlarning katta egatchalari uni beshta – peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha deb nomlangan bo‘laklarga ajratadi.


Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə