|
1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсадO’yin paytida hakamning ruxsatisiz to’pni almashtirish mumkin emas
|
səhifə | 7/29 | tarix | 05.06.2023 | ölçüsü | 304,02 Kb. | | #115549 |
| 1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkaziO’yin paytida hakamning ruxsatisiz to’pni almashtirish mumkin emas.
Qoida
O’yinchilar soni
O’yinchilar:
O’yinda ikki jamoa har birida 11 tadan oshiq bo’lmagan o’yinchi qatnashadi. 11 o’yinchidan bittasi darvozabon bo’lishi kerak. Agar jamoalarda 7 tadan kam o’yinchi bo’lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas.
Rasmiy uchrashuvlar:
FIFA, qit’a konfederastiyalari yoki milliy assostiastiyalar tomonidan o’tkaziladigan uchrashuvlarda uchtagacha o’yinchi almashtirishga ruxsat etiladi. Agar musobaqa reglamentida ko’prok o’yinchi almashtirish mumkin bo’lsa, unda ettitagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Boshqa uchrashuvlar:
Boshqa uchrashuvlarda quyidagi shartlarga asosan 5 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin:
Ikki uchrashadigan jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelishganda,
Bosh hakam ushbu kelishuv haqida uchrashuv boshlanguniga qadar ogoh etilsagina.
Agar uchrashuv hakami kelishuv haqida o’yin boshlanguniga qadar ogohlantirilmasa yoki ikki jamoa maksimal darajada o’yinchi almashtirishga kelisha olmasa, uchrashuvda 3 tagacha o’yinchi almashtirish mumkin.
Barcha uchrashuvlar uchun:
Barcha uchrashuvlarda o’yin boshlanguniga qadar zaxira o’yinchilari ism - shariflari uchrashuv bayonnomasidagi ro’yxatga kiritilgan bo’lishi lozim. Uchrashuv bayonnomasidaga ro’yxatga kiritlmagan futbolchi o’yinda qatnasha olmaydi.
O'yinchi almashtirish holati
O’yinchi almashtirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
• Bosh hakamni o’yinchi almashtirilishi to’g’risida ogohlantirish zarur,
Zaxiradagi o’yinchi maydonga bosh hakam ruxsati va almashayotgan o’yinchi maydonni tark etgandagina tushishi mumkin,
Zaxiradagi o’yinchi maydonga tushgandan so’ng almashtirish haqiqiy deb hisoblanadi,
Shu vaqtdan boshlab zaxira o’yinchisi asosiy tarkib o’yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan o’yinchi esa asosiy tarkib o’yinchisi xisoblanmaydi,
Almashtirilgan o’yinchi ushbu o’yinda boshqa katnasha olmaydi,
Hakam zaxiradagi barcha o’yinchilarga(maydonga tushgan tushmaganligining ahamiyati yo’q) bir vaqtning o’zida ogohlantirish ko’rsatishi huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |
|
|