|
1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад
|
səhifə | 22/29 | tarix | 05.06.2023 | ölçüsü | 304,02 Kb. | | #115549 |
| 1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkaziQoida buzarliklar-jazolar
Agar o’yinchi to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(faqat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak. *
Agar o'yinchi to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanishi kerak;
agar o’yinchi o’z jarima maydonchasida to’pni qo’li bilan o’ynagan bo’lsa, 11-metrlik jarima to’pi belgilanishi kerak.
Darvozabon tomonidan to’pni yon chiziqdan tashlab berishda
Agar darvozabon to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(fakat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.
Agar darvozabon to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
agar bu qoidabuzarlik o’z jarima maydonchasining tashqarisida yoki raqib jamoa jarima maydonchasida sodir etilgan bo’lsa, o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanadi; *
agar bu qoidabuzarlik o’z jarima maydonchasida sodir etilgan bo’lsa o’sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
•
Agar yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchiga raqib o’yinchisi noxaqlik bilan, qoidaga xilof ravishda to’pni o’yinga kritishda xalaqit qilsa:
bu qoidabuzarlik sport qoidalariga xilof ravishda harakat kilish deb topilib, Qoida buzgan o’yinchi sariq kartochka ko’rsatish bilan ogoxlantirilishi kerak.
15-Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish xuquqi raqib jamoaga beriladi .
Qoida
To’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish
To’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish o’yinni davom ettirish usullaridan biri xisoblanadi.
Bevosita to’pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o’yinga kiritish orqali darvozaga kiritilgan to’p xisobga olinadi, faqat to’p raqib jamoa darvozasiga kiritilsa (o’z darvozasiga urilgan to’p xisobga olinmaydi).
Dostları ilə paylaş: |
|
|