Statistik jamlash va guruhlash



Yüklə 55,8 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü55,8 Kb.
#180149
  1   2   3   4
STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI, STATISTIK JAMLASH VA GURUXLASH.


MAVZU: STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI, STATISTIK JAMLASH VA GURUXLASH.


REJA:
1. Kirish
2. Statistik guruhlash
3. Guruhlash turlari
4. Oddiy va murakkab guruhlash
5. Ikkilamchi guruhlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi.Masalan aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iboratGuruhlash belgilari qilib ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. Shu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur. Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo’lmasligi) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o’zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo’ladi.Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash samarali bo’lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko’pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo’l hisoblanadi. Statistik guruhlash - bu o’rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlar birlashtirishdir. Guruhlashda miqdoriy o’zgarishlar orqali sifat o’zgarishlarini oydinlashtirish uchun guruhlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash zarur. Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo’lishi kerak. Guruhlar soni ko’p variantli yechim asosida belgilanishi kerak.

Yüklə 55,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə