1-amaliy mashg’ulot mavzu: O‘zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari Amaliy mashgʼulot jarayonida bajariladigan topshiriqlar


Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT



Yüklə 10,8 Mb.
səhifə17/26
tarix19.12.2023
ölçüsü10,8 Mb.
#150407
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
1-mavzu.a.m.

Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT
2001-yilning 15-iyunida Qozogiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi rahbarlari maxsus Deklaratsiya bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilganligini e’lon qildilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy tashkilot hisoblanadi.
Eron, Hindiston, Mongoliya va Pokiston kuzatuvchi davlat, Afgoniston, MDH, va ASEAN mehmon sifatida ShHTning tadbirlarida ishtirok etadi.
Hozirgi kunda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hududida 3 milliarddan oshiq aholi istiqomat qiladi va ularning umumiy maydoni Yevrosiyo materigining 61 foizini tashkil etadi.
UNESKO (ing. Unesko, United Nations Educational, Scientifik and Cultural Organisation), Birlashgan millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti-xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi.Davlatlar o‘rtasida ma'orif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavsizlikka ko‘maklashish maqsadida 16 noyabr 1945-yilda tuzilgan. 188 mamlakat ( shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) a'zo (2004). YUNESKO Ustaviga ko‘ra, "... irqi, jinsiy tili va dinidan qat'iy nazar, barcha xalqlar uchun adolatga , qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga” ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti a'zo-mamlakatlar badallaridan tashkil topadi. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish, miliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish, atrof-muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiyalar va boshqa sohalarda global ilmiy muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika-kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Tashkilotga a'zo mamlakatlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29-dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1 marta uning sessiyalari o‘tkaziladi.YUNESKO O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etilgan. YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali Ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi.
Mazkur yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilganining 30 yilligi nishonlanadi. Bugungi kunda konvensiya dunyo miqyosida eng ko‘p mamlakatlar qo‘shilgan xalqaro hujjat bo‘lib hisoblanadi. 192 mamlakat hukumatlari, xususan qiyin ahvolda qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyatini olgan.
UzDaily xabar berishicha, yangi www.unicef.uz saytida o‘zbek, ingliz va rus tillarida axborot berilgan bo‘lib, u foydalanuvchilarning ehtiyojlariga javob beradi. Interfeysning umumiy ko‘rinishi va dizayni sodda bo‘lgan holda, uning navigatsiya, ma’lumot izlash va ishlatish funksiyalari juda osondir.
Sayt tuzilmasi nafaqat mutaxassislar va Internetning faol foydalanuvchilari uchun, balki bolalar, katta yoshdagilar hamda kompyuterdan foydalanishni endi o‘rganayotganlar uchun qulay qilib yaratilgan. Shuningdek axborot texnologiyalarini bilish imkoniyatlari keng bo‘lmagan qishloq aholisining imkoniyatilari ham e’tiborga olingan. YUNISEFning mahalliy sayti portal bo‘lib, bolalar, o‘smirlar, ota-onalar, mutaxassislar, shuningdek qarorlar qabul qiluvchi rasmiy shaxslar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan axborotga ega. O‘zbekistondagi bolalar vaziyatining sharhi hamda YUNISEFning hamkorlar bilan birgalikda bola huquqlarini ilgari surishga va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlari to‘g‘risida saytda ma’lumot berilgan. Shuningdek turli nashrlar va multimedia materiallari to‘plami, asosiy hamkor tashkilotlar ro‘yxati taqdim etilgan. Ota-onalar bola tarbiyasidagi eng ilg‘or tajriba bilan tanishishlari, bolalar va o‘smirlar esa o‘z huquqlari va majburiyatlarini yanada yaxshi o‘rganishlari mumkin. Sayt ularni yashash joylaridagi jamoat tadbirlarida ishtirok etishga rag‘batlantiradi. "Bolalar va oilalarning imkoniyatlarini kengaytirish YUNISEFning dunyo miqyosidagi, xususan O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, — dedi YUNISEFning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich. — Qimmatli resurslar va axborotni taqdim etish orqali bizning yangi saytimiz ana shu maqsadga erishishga ko‘mak beradi”.



Yüklə 10,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə