1-Amaliy mashgulot Turli yoshdagi bolalar guruhida applikatsiyaga o’rgatish metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qurish-yasash faoliyatining o’ziga xosligi. Mttda qurish-yasash turlari


Ilk yosh guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari



Yüklə 411,22 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü411,22 Kb.
#153419
1   2
1-Amaliy mashgulot

Ilk yosh guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari.
O’rta guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari.
Katta guruhdabolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va ѐpishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni yelimlash usullarini o‘rgatishdir. Kattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina yelim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, suraѐtgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga ehtiѐtkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo‘yish va salfetka ѐrdamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni sekingina artib olish. Bu ѐshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl- kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) ѐpishtirishga o‘rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti-yetti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati yetarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati yetarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin.Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borish kerak. namunani ko‘rsatish jaraѐnida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ishlab qo‘yib yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi. Kichik maktabgacha tarbiya ѐshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab ѐpishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli v a syujetli mashg‘ulotlariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.O‘rta guruhda applikatsiyaga o‘rgatish. Bola haѐtining 5ѐshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi. Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar.
O‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini
ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 2-3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini ѐpishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar yelimlash malakasini egallashi davom ettiradilar. Bola haѐtining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapesiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.Yopishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini, qog‘ozni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boradi. Yopishtirish malakasi esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarni qirqish texnikasini egallab olishga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o‘rgatib boradilar. Sodda predmedlardan murakkab predmedlarni tasviriga o‘rgatiladi.
Tarbiyachi bolalarni qaychi bilan ishlashga, uni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boriladi. Bolalar qaychi bilan ishlashga darhol o‘zlashtira olmaydi. Shuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o‘rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo‘lishi lozim. Masalan: dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do‘kon» uchun chipta, cheklar qirqishni taklif etadi. Qirqilgan kesmalardan uycha, daraxt, panjara, narvon kabi predmetlarning oddiy ko‘rinishi tasvir etishi mumkin. Bu esa, bolalarni mashg‘ulotga qiziqishini oshiradi va mashg‘ulotni bir xil tarzda bo‘lishini oldini oladi. Bir-ikkita mashg‘ulotni o‘tkazgach, keyingi mashg‘ulotlarni bolalarni ijodiy faolligini o‘stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalarni o‘zlari qirqib olgan rangli kesmachalardan turli xil predmedlarning ko‘rinishini tasvir etadilar. Masalan: yulduzlar, bayroqchalar, gullar. Keyingi applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalarni to‘rtburchak, kvadratni diagonali bo‘yicha, trapesiya va uchburchak hosil qilishga o‘rgatiladi. Sharf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan bezaydilar, shuningdek, kvadrat - gilamga, dastrumolcha, doira-taxsimchani ham bezaydilar. Tayyor siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqilmas qo‘g‘irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni qirqib yopishtiradilar.
O‘quv yilining davomida bolalarga mazmunli applikatsiya ishlarini ham taklif etishi ham mumkin. Masalan: Bo‘g‘irsoq yo‘ldan dumalab ketayapti, o‘tloqdagi jo‘jalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. Bu guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Masalan: katta gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda samalѐtlarni tasvir etishlari mumkin. Bundan tashqari bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: onam uchun sovga, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin. Masalan: fartuk, qo‘lqop, shapkani qirqib ѐpishtirish yoki bezatish mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham hilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo‘lgan metodlardan biri inshaklsion -retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalarning o‘zlariga tasvirlanaѐtgan predmeti haqida gapirib berishni, uning sifat, belgisini konkret aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mustaqil bilishga o‘rgatib boradi.
Bolalar predmetining tasvirini tuzish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishini to‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhim diqqat-e’tiborni qaychini ushlashga, qirqish usullarini ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi(richagini ochib, ѐpishni qanday, qaerdan ushlashni ko‘rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychini oldingi qanday qilib harakat qilishni ko‘rsatadi. Bolalarni kvadratlardan doiraviy shakllar qirqishda ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi.
Tarbiyachi tanish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib, bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakatni tarbiyachi so‘zi bilan tushuntirib borishi kerak. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illustrativ rasmlarni ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan: qo‘ziqorin, uning oѐqchasi va shapkachasi bor, oѐqchasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So‘ng tarbiyachi bolalarga savollar beradi, obrazli so‘zlardan foydalanadi, qo‘l bilan shakl ko‘rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko‘rsatishda foydalanadi. Mashg‘ulotda eng muhim metodlardan biri ѐpishtirishni ko‘rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish jaraѐnini hamma bolalarga ko‘rinadigan qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek, ѐpishtirish jaraѐnida ketma-ketlikni bolalar yaxshlab o‘zlashtirib olishsa, uni bolalarning o‘zlariga taklif etish mumkin yoki ko‘rsatishni o‘rniga, faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan kifoyalanib qolish mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o‘yin usuldan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bolalarni mashg‘ulotga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, ularni faollashtiradi. Bu yoshdagi bolalar ishlashda indiviudal ishlash, muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bir bolaga ѐpishtirishni ko‘rsatsa, ikkinchisiga nimasini qilish kerakligini tushuntirib beradi.
B olalar ishini ko‘rib chiqish ham muhim metod va usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarni ishini maqtash lozim. Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda bajarilganligi, rangning to‘g‘ri tanlanganligi va qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalarni ham shunga o‘rgatib boradi. Masalan: bolalar tursa yiqilmas qo‘g‘irchog‘ini ichida chiroyli, singillari ham borligini aytishga o‘rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarimidan boshlab o‘rgatib boradi. O‘rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o‘zlari ham mustaqil qirqib ѐpishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarni diqqati faqatgina rang va shaklga tortilmay, balki qismlarning o‘lchami va soniga ham tortiladi.
Masalan: tursa yig‘ilmas qo‘g‘irchoq u sharchalardan katta, o‘rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish jaraѐnida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni ѐpishtirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo‘lgan o‘lchamdagi rangli qog‘ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko‘rib chiqish namunasi bilan birga olib borilishi shart emas. Namunani tahlilini o‘zi yetarli bo‘ladi. Namunani qurib chiqishda tarbiyachi bolalarining diqqatini uni yaxshlab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: Predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar. Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini ѐpishtirish tartibini ko‘rsatib beradi.Bu guruhda tarbiyachi faqatgina qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan: uyni ѐpishtirishda uni tomini qirqishi ko‘rsatib beradi, xolos qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib tushuntiradi. Qo‘lni qaychining richagini qanday harakatlantirishini o‘rgatadi.
Qaychi bilan dastlabki mashqlarni yaxshisi 8-10 bola bilan o‘tkazgan ma’qul, chunki ularni kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.Mashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga o‘xshaydimi, shakllar toza ѐpishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, bolalar diqqatini yaxshi ishlarga jalb etadi. Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Katta guruhlarda ko‘pincha mashg‘ulotining ma’lum bir qismi ikki va undan ortiq bolalar bilan birga ishlaydigan jamoa ish sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldida turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtirishadi, bir-birlariga ѐrdam ko‘rsatadilar. Applikatsiya mashg‘uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarining o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi.
Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o‘yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to‘g‘risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi. Bu ѐshga kelib bolalarda tasviriy o‘kuvi va texnik usullari mavjud bo‘ladi, qo‘l muskullari rivojlangan bo‘lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo‘ladi, bu esa o‘z-o‘zidan applikatsiyaga o‘rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo etadi. Applikatsiya mashg‘ulotlari jaraѐnida predmet to‘g‘risida xilma-xil ma’lumotlar berib boriladi. Bolalar xilma-xil shakllarni atashga, kvadrat, to‘rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy belgilarini to‘g‘ri atashga o‘rgatib boriladi. Shuningdek, bolalarni oval, doira, uchburchakni to‘g‘ri ajratishga farq qilishni o‘rgatadi. Shunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan emas, balki ranglar bilan tanishib boradilar. Masalan: och, to‘q, ѐrqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga o‘rganib boradilar. Applikatsiya jaraѐnida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga o‘rganadilar, baland-past, keng-tor ya’ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. Shuningdek, qog‘oz varag‘ini mo‘ljallay bilish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, tepada, pastda, o‘rtasida, ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar.
Bu ishda bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga o‘rgatib borish davom ettiriladi. Bu bilan o‘rgatib borish davom ettiriladi, bu bilan bolalar o‘rta guruhda egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi kirqish usullarini egallaydilar. Bular quyidagilar: qog‘ozni 2 buklab bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o‘rganadilar. Masalan: gullar, barglar va hokazo.
Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning, applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. O‘quv yilining boshida bolalar bilan doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o‘rta guruhda yetarli darajada egallamagan bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib ѐpishtirishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli, ya’ni garmoshka usulida qog‘ozni buklab qirqishga o‘rganadilar. Ammo yilning boshida dumaloq shaklidagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda ishlar berishi mumkin. Masalan: kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. O‘quv yili davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: samolyot, raketa, mashinava hokazo.
Qog‘ozni garmoshka usulida buklab qirqishga turli hil predmetlarni taklif qilish mumkin. Masalan: bargli shoxcha, gullar, archa o‘yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ applikatsiya bo‘yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek tayyor siluetlarni zontik, choynak, fartuk kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o‘rgatishda tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan: guldon, nok, kapalak, masxaraboz va hokazo.Bolalar predmetli, dekorativ applikatsiyadan tashqari mazmunli applikatsiya ham bajaradilar. Masalan: quѐnning bo‘g‘irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiѐrlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalar asosida o‘zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar
Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar jamoa ishlar bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o‘yinchoqlari va boshqalar. Katta guruhda ham applikatsiya mashg‘ulotida tasvirlash kerak bo‘lgan predmetlarni tahlil qilishga katta o‘rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarni mustaqilligini qo‘proq ta’minlaydi. Tahlil jaraѐnida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyatlariga e’tibor berishi lozim. Xalq amaliy san’ati asarlarini ko‘rib tahlil qilishga, bolalarga ranglar garmoniyasining go‘zalligini sezishga, ko‘pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o‘rgatiladi. Bu guruhdan namunadan ayrim hollarda, ya’ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko‘rsatib berishga maqsadga muvofiq bo‘lmadi. Tarbiyachi ko‘proq bolalarning o‘zlarini faollashtirib, bolalarning o‘zlariga mustaqil ravishda qirqish yo‘llarini, ѐpishtirish tartibini qidirib topishga undaydi.
Agarda yangi qirqish yo‘llari kiritiladigan bo‘lsa, tarbiyachining o‘zi qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Masalan: qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog‘ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo‘l harakatlari bilan yurgizib chiqish). Dastlab tarbiyachi «predmetning yarmi» deb tushuntirish asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog‘ozni qo‘l bilan yirtib, mayda bo‘lakchalardan foydalanib tasvirini hosil qilishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy ishlashga o‘rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o‘tgach ularning applikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning yangi usullarini egallay boshlaydilar.
Bu usullari-bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan bu guruh bolalarni turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga rang spektrining barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.Siluet qirqish-eng murakkab usullardan biridir. Siluet kiritish jaraѐnida bola doimo predmetning obrazni xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilinaѐtgan shaklning yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. shuning uchun bolalarni siluet kirishga o‘rgatishni sodda shakllaridan baliqlar, sabzavot, mevalardan boshlash lozim.
Katta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: Bolalarni to‘g‘ri harakat bo‘ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog‘ozni qirqishga o‘rgatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga, geometrik shakllaridan chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o‘rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o‘rta guruhdagi kabi mavzularda, faqat qismlar soni ko‘paytirilib qorbobo, qalpog‘i boshida yoki qo‘lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi bilan va qorboboning yuz qismidan mayda qismlarini: burun, ko‘z va boshqalar. Bu guruhda bolalar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan qog‘ozdan, shoxchasi barglari bilan. Bu usullarni ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiyani tayyorlash mumkin. Qog‘ozni ikkiga buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib bolalar vaza, barglar, sabzavot va mevalarni shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakllarni qog‘ozning uchini qo‘li bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o‘rganadilar. Katta guruh bolalarning ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda qirqishning ko‘nikma va malakasini rivojlantirishdir.
Dekorativ applikatsiya ishlarida esa, bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o‘simlik shakllaridan barg gullar va boshqalarni elementlari kiritiladi. Tayyorlov guruhga o‘tgach, ularning appilikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullar-bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. Shu bilan birga bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.
Siluet qirqish - eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish jaraѐnida bola doimo predmetining obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilishaѐtgan shaklining yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga o‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.Katta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o‘rgatishda qirqimning turli usullarini egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qimlarga ajratib ko‘rsatadi. Namunada bolalar predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo‘lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni bolalarning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi. Agar bolalar o‘zlariga tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanaѐtgan bo‘lishsa, namuna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni; katta va tayyorlov guruhlarda bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi.
Bu guruhda bolalar qog‘ozni ingichka buklab simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda qog‘ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o‘rgatiladi. Katta
guruhda jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi baliqlar», «O‘tloqdagi gullar», «Ko‘chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa ishlarni bajarishda bolalar 4-5 ta bo‘lib, guruhchalarga birlashishadi.Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko‘zda tutiladi. Ular ko‘cha, akvarium kabi mavzularda shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustrasiyalar bajarishlari mumkin.Tayyor shakllarni ѐpishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqishlar tuzishda ularga turli razmer va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi.Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Ular «Ko‘cha», «Akvarium» kabi mavzularda, shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustrasiyalar bajarishlari mumkin.
T ayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda turli o‘lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi. Bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanishi davom etiladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o‘rgatishga ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarni diqqatini o‘ziga tortib ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlab mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog‘oz varag‘ida terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib yig‘ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishi namuna bilan birgalikda olib borishi kerak. Namunani ko‘raѐtgan jaraѐnidatarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini k o‘rsatib berilishi bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib quyib yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi. Tayyorlov guruhda ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o‘rgatish usullarining xarakteri bir muncha o‘zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi ularning diqqatini predmetni konturiga tortadi, barmoq harakati orqali. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo‘lsa o‘sha qismdan boshlash lozim.
Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga qandaydir qism qirqishga o‘rganadilar (tipratikan ignalari bilan). Albatta bolalarga bu qiyn. Shuning uchun bu ishda ikki etapdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog‘ozdan umumiy kontur qirqiladi. So‘ngra uning qismlari, masalan: oyog‘i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba’zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko‘proq murakkab o‘simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo‘llaniladi. Bu guruhda qog‘ozni ikkiga buklab qirqishning murakkabroq usuli bilan tanishtiriladi. Masalan: archa, odam, hayvon shakllari. ana bu guruhda qirqishning murakkab usuli-qog‘ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o‘rgatish usuli o‘rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda qo‘llaniladi.
Yüklə 411,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə