1-Amaliy mashgulot Turli yoshdagi bolalar guruhida applikatsiyaga o’rgatish metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qurish-yasash faoliyatining o’ziga xosligi. Mttda qurish-yasash turlari



Yüklə 411,22 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü411,22 Kb.
#153419
  1   2
1-Amaliy mashgulot


1-Amaliy mashgulot
Turli yoshdagi bolalar guruhida applikatsiyaga o’rgatish metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qurish-yasash faoliyatining o’ziga xosligi. MTTda qurish-yasash turlari.
Applikatsiya ishiga o‘rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga ѐrdam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir ѐsh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashѐ o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xaѐliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma–bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi. Maktabgacha ta’lim ѐshidagi bolalarning applikatsiya qilish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Applikatsiya turlarini o‘rgatish va ishlarini tahlil qilish, turli ѐsh guruhlari uchun applikatsiya mashg‘ulotlarining interfaol ishlanmalarini ishlab chiqish.Predmetli applikatsiya - bolalar qog‘ozdan qirqish va fonga alohida predmet tasvirlarini ѐpishtirish mahoratini o‘zlashtiradilar.Faoliyat xususiyatiga ko‘ra atrofdagi predmetlarni ancha umumlashgan shartli tasviriy o‘yinchoqlar, xalq amaliy san’ati namunalarida ifodalash mumkin bo‘ladi.Boshlang‘ich bosqichda tarbiyachi-pedagog tayyorlagan qismlardan predmetni yelimlaydi: - turli rangdagi ikkita koptok, yarimta bo‘laklar, qo‘ziqorin-qalpokcha va oѐqcha; aravacha - to‘rtburchak asos va dumaloq g‘ildiraklar. Bolalar shakli, tuzilishi, ranglar birikmalari, hajmi, farqlangan predmetlarni tasvirlashlari mumkin.Predmetli applikatsiya uchun katta hajmdagi materiallarni tanlash kerak bo‘ladi. Masalan, uzumning katta barglari, eman, zarang, tog‘ terak, kashtanning katta barglari yoki tut barglari bo‘lishi ham mumkin.Dekorativ applikatsiya- turli bezaklar hosil qilish bilan bog‘lik bo‘lgan faoliyat turi. Dekorativ applikatsiyada bolalar qirqish mahoratini ritm, simmetriya bo‘yicha turli rang birikmalarini turli bezak elementlarini birlashtirish, qirqish mahoratini o‘zlashtiradilar. Bu mashg‘ulotlarda bolalar predmetlarni dekorativ stillashtirish, ularni tuzilishiga ahamiyat berish, namunalarni yangi sifatlar bilan boyitishni o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlarda bolalar yana qo‘yidagilarni
o‘rganadi: predmetlarni o‘zgartirish, ularning tuzilishini umumlashtirish, namunalarni yangi sifatlar bilan taqqoslash.
Mazmunli applikatsiya - o‘z oldiga qiyin masalalarni qo‘yadi va ba’zi bir qoidalarni bajarilishini talab qiladi: rang, shakl bo‘yicha bir-birlariga to‘g‘ri keladigan tabiiy materiallarni yig‘ish kerak. Masalan, barglar va chig‘anoklar va mayda toshlar, somon, taxta qipiqlari, qurigan shoxchalar, danaklar va hokazolar. Asosiy e’tiborni fon va materiallar rangi mosligiga qaratish lozim. Syujetdagi tasvirlarga asosiy qahramonlarni ѐrkin rang bilan kompozitsion yechim qilib olish, ya’ni alohida e’tibor qaratish kerak.Syujetli mavzu applikatsiya syujet yoki
mavzu bilan bog‘lik predmetlarni ѐpishtirish va qirqish mahoratini
mo‘ljallaydi. Bunda asosan bola oldiga qo‘yidagi masalalar qo‘yiladi:
 predmetlarni qirqish, bir-biri bilan taqqoslaganda ularni hajm bo‘yicha farqlash;
 asosiy predmet, asosiy qahramonlar yuzini ko‘rsatish, vaziyat va harakat joyi bilan ularni bog‘lash.
 asosiy hajm, rang bilan bo‘rttirish;
 personajlarning fe’l-atvori, o‘ziga xosligi va ularning imo- ishora, holati, kiyimi, rangini ko‘rsatish;
 predmetlarni yassi joyda joylashtirish: bir chiziqda, qatorda gorizontal va vertikal bo‘yicha predmetlarni bo‘yini ko‘rsatgan holda.
Har bir guruhda bu masalalar turlicha amalga oshiriladi. Ularning murakkablashishi bilim, mahorat va malaka darajasiga bog‘lik, atrof-olamning har xilligi turli syujetlarni applikatsiyada aks etishi uchun boy material takdim etadi. Kattalarning maqsadi- bu faollikni qo‘llash, so‘nishiga yo‘l qo‘ymaslik, unga ijodiy xarakter berishdir. Bolaning faolligi va mustaqilligi rivojlanishi uchun kerakli tasvirlar berib borish lozim. Tasviriy faoliyatda turli materiallar va tasvirlashning texnik usullarini turlicha ko‘rinishda bajara olish yo‘llarini bolalarga o‘rgatish lozim. Shundagina bolalar applikatsiyaning turli usullarini qo‘llagan holda obrazlarni tasvirlashda ular o‘z kuchiga ishongan holda shug‘ullanadilar Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to‘planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e’tibor beriladigan ob’ektlar (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar) aniqlanadi. Bolalarning e’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilaѐtgan ob’ektning zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to‘planaѐtgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar tuziladi.Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Kuzning go‘zalligini, uning ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘laѐtgan ichki jaraѐnlar qisqa va tushunarli shaklda baѐn etib beriladi: jumladan‚ o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish shakllari mehnat jaraѐnida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obrazmaterial xizmatini o‘tashi kerak.Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiѐslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligini o‘stirishga ѐrdam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etilishi kerak.
Ekskursiya oxirida yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar applikatsiyalarni ishtiѐq bilan namoyish qiladilar, applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.

Yüklə 411,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə