Mavzu: Tuzli changlarni ushlab qolish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar. Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplama to’qayzorlar barpo etish Reja



Yüklə 175,5 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü175,5 Kb.
#109036
8-MA\'RUZA.TUZLI CHANGLAR


MAVZU:Tuzli changlarni ushlab qolish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar.Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplama to’qayzorlar barpo etish
Reja:
1. Tuzli changning paydo bo’lishi
2. Orollardan ko’tarilgan changlar miqdori
3. Orol qumning regional tarqalishi
Dengiz bo'yi eski o'rnidan 100 -250 km ichkariga chekindi va uning qurigan tubining maydoni 5 mln gektarga yetdi. Bu yerlar biosferani (havoni, suvni, tuproqni va o'simlik dunyosini) zaharlaydigan tuzli chang-to’zon hosil qilivchi hududga aylandi. Unga aholi Orol qum deb nom qo'ydi. Ekspertlarning ma'lumotlari bo'yicha «Orolqum» dan ko'tarilgan tuzli chang-to’zonlar ko'p qit'alarga borib yetgan. Ularning miqdori yiliga taxminan 100 mln tonnaga yetmoqda.O. E. Semenovning (1998 y) izlanishi bo'yicha 1985 yili dengizning qurigan tubidan bu mintaqadan chang-to'zonning ko'tarilishi yiliga 20 -30 mln tonnani qamrab olgan, bunda 200 -300 ming tonna tuz bo'lgan. O'rtacha 1966-1979 yillardagi chang-to'zonning ko'tarilishi yiliga 1, 6 dan 7, 3 mln tonna bo'lgan. Orol dengizi 15 m pasayishi bilan Lazerov oroli atrofidan 211001, Borsa-Kelmas oroli atrofidan 46186, Kunbatis orolidan 507063, Sariqchig'anoq orolidan 192837, Ko'koroldan 217890 tonna tuz har xil chang-to'zon bilan uchib turmoqda. Bu chang-to'zonning uchishi shamol kuchiga va uning davomiyligiga aloqador bo'lib, juda uzoqlikda kichik bo'lgan chang zarrachalari uchadi va uchish uzoqligi 300 -500 km ga yetadi, o'rtacha bo'lgan chang zarrachalari 100 -300 km ga yetib boradi. Umumiy Markaziy Osiyo cho'lu biyobonligidan yiliga taxminan 78 mln tonnaga chang ko'tariladi. Qoraqum va Qizilqum cho'lu biyobonligidan yiliga havoga 25 mln. tonna chang-to'zonlar ko'tariladi.
Orol dengizi qurigan tubidan changli tuzning uchishini rayonlashtirish
R. M. Razaxov., K. A. Qo'shnazarovlarning (1998 y) olgan ma'lumotlari bo'yicha kuchli shamol bilan Orol dengizining qurigan tubidan chang-tuz uchib uning miqdori yiliga bir gektar yer maydoniga 20 tonnaga yetadi deb ko'rsatadi. Bu changli tuzning uchib kelishi Orol dengizi yoqasidagi yerlarning 100 km ko'tarma to'siqqa qadar yetib borayotganligini isbotlaydi.
A. E. Ergashevning (1991)., B. K. Karimovning (1995) ma'lumoti bo'yicha Orol bo'yi yoqalari atmosferasida radioaktivlik unsurlar miqdori oshmoqda. Masalan tuproqda DDT 15 dan 26 mg/l, Amudaryo suvida 13 dan 16 mg/l, o'simlik qoldig'ida 10 dan 17 mg/l, Orol dengizi suvida 7 dan 10 mg/l ga oshmoqda.
F. Xyufler., Z. Novitskiyning (2011) ma'lumotlari bo'yicha dengizning qurigan tubidan yiliga 100 ml. tonna chang va tuz uchib 1 gektar dehqonchilik ekiladigan yerga 520 kg changli tuz kelib tushar ekan. Orol dengizining tubida vujudga kelgan. Orol qum 2 mln.gektardan oshiq sug'oriladigan yerlarni zaharlayotganligini ko'rsatadi.
Mo'ynoq va Jaltirbas yarim orolidan 2 mln. t. tuzli chang ko'tariladi, yoki bir gektar yerga 14,1 t tuz kelib tushadi. Sababi dengiz suvining hajmi kichiklashishi bilan uning tuzliligi oshadi va juda kuchli sho'rlangan yer maydonlari ko'payib boradi. Binobarin kelajakda bu holat 4-5 marta ko'payishi mumkin yoki yiliga 10 mln tonna tuzli chang ko'tarilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda Mo'ynoq va Jaltirbasning shimoliy sharqida ko'p jim-jimali tepalik qumlar paydo bo'ldi. Ularning maydoni 120 ming gektarga yetdi. Tepalik qumlar 1, 5-2, 0 m balandlikdagi 30% maydonni tashkil etadi. Bunday qumzor va tepalik qumlarlarning paydo bo'lishi yiliga 100 -120 m darhol paydo bo'lmoqda. Kelgusi 10-15 yilda bunday tepalik qumlarning balandligi 4-6 m ga ko'tarilishi mumkin. Umumiy tuzli changning miqdori Orolning Janubiy va Janubiy Sharqiy tomonidagi 10,8 min 2 maydonda 26,1 mln. tonnani tashkil etadi, bunday suvlarda eruvchi tuzlar 5, 5 mln. tonna. Bu changli tuz kelgusi 20 -25 yilda 52, 9 mln tonnaga yetishi mumkin.
Shuning bilan bir qatorda tuzli changning ko'tarilishi bu mintaqadagi ob-havoning o'zgarishiga, kun nurining kelib tushishiga o'zining nojo'ya ta'sirini tekkizmoqda. Masalan Ustyurt balandligida kun nurining radiatsiyasi kamayishi oktyabr, yanvar oylarida 26-27 % ga yetgan, yozda esa bu ko'rsatkich 10 % ga taxminlaydi. Orol dengizining sathini saqlab qolish uchun chetdan suv olib kelish maqsadga muvofiq deb topilib, shundan Kaspiy dengizining suvini olib kelish, Sibir daryolarining suvini quyish, sun'iy yomg'ir yog’dirib suvini ko'paytirish va zaxkash suvlarlarni olib kelish masalasi qo'yildi. Biroq bu rejalarni amalga oshirish uchun ko'p xarajat talab etadi. Shuning bilan bir qatorda oqar suvni ayni vaqtda 5 mln. dan oshiq xalqqa yetkazib berish muammoga aylanmoqda.
Yüklə 175,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə