1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#163518
  1   2   3
9-SINF GEOGRAFIYA 2021




1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi


1. Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi?
A) Zarafshon B) Chirchiq C) Piskom D) Sirdaryo
2. Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi?
A) 80% B) 50% C) 30% D) 70%
3. Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi?
A) relyef B) landshaft C) vulqon D) astenosfera
4. Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi?
A) 6 B) 3 C) 5 D) 2
5. Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan?
A) Mirzacho‘l B) Quyi Amudaryo C) Toshkent D) Farg‘ona
6. Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng?
A) 60-70 km B) 70-80 km C) 50-60 km D) 35-40 km
7. Quyidagi rasmda 3 raqami bilan vulqonning qaysi elementi ko‘rsatilgan?

A) lava B) vulqon kanali C) krater D) vulqon o‘chog‘i
8. Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin?
A) termometr B) fluger C) anemometr D) barometr
9. Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya?

A) Sharqiy B) G‘arbiy C) Shimoliy D) Janubiy
10. Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan?
A) Qashqadaryo va Buxoro B) Buxoro va Navoiy
C) Surxondaryo va Qashqadaryo D) Navoiy va Qashqadaryo

2-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi


11. Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi?
A) Akkumulyativ yotqiziqlar B) Jigarrang okean loyqasi
C) Terrigen yotqiziqlar D) Qizil tusli okean gili
12. Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan?
A) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent B) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod C) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq D) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq
13. Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq?
A) suvning harorati bilan B) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan C) tarkibidagi moddalari bilan D) chuqurligi va maydoni bilan
14. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi?
A) kontinental havo B) dengiz havosi C) havo massalari D) havo harakati

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə