Geografiya (Test)



Yüklə 19,3 Kb.
səhifə1/2
tarix10.11.2023
ölçüsü19,3 Kb.
#132864
  1   2
10 klass GEOGRAFIYA.testdocx


GEOGRAFIYA (Test)
9- sinf

1. ”Sovplastital” korxonasi joylashgan shaharni belgilang.


A) Toshkent B) Farg`ona C) Navoiy D) Angren

2. Quyidagilardan iqlimi eng quruq hududni aniqlang.


A) And va Kolumbiyaning g‘ arbiy qismi B) Himolayning janub qismi
C) Katta suvayirg‘ ich tizmasining sharqiy qismi D) Tibet tog‘ lig‘ i

3. Geyzerlar va issiq buloqlar Yer yuzining qaysi hududlarida ko‘ p tarqalgan?


A) Yaponiya, Saudiya Arabistoni, O‘ zbekiston, Janubiy Koreyada
B) Turkmaniston, Rossiya, Yangi Zelandiyada, Nepal
C) Yaponiya, Islandiya, Italiya, Rossiya, Yangi Zelandiyada
D) Sudan, Chili, Peru, Rossiya va Italiyada

4. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng qadimgi turini bеlgilang.


A) xalqaro turizim B) moliya-krеdit aloqalari
С) ilmiy-tеxnika aloqalari D) xalqaro savdo

5. Agar tog‘ etagida barometr 765 mm simob ustuniga, tog‘ tepasida esa 762 mm simob ustunini ko‘ rsatsa, tepalikning balandligini aniqlang.


A) 30 m B) 300 m C) 150 m D) 60 m

6. Gеotеrmal issiqlikdan qaysi davlat kеng foydalanadi?


A) Gеrmaniy B) Islandiya a С) Bеlgiya D) Chеxiya

7.Jahonda toshko‘ mir qazib va eksport qilish hajmiga ko‘ ra oldingi o‘ rinda turuvchi davlat bu …………… .


A) Rossiya B) AQSH C) Xitoy D) Germaniya

8. O`zbеkisonning qaysi iqtisodiy-gеografik rayonida qorako`lchilik rivojlanmagan?


A) Toshkеnt, Farg`ona B) Buxoro-Navoyi, Mirzacho`l
С) Quyiamudaryo, Samarqand D) Qashqadaryo, Surxondaryo

9. Shimoliy qutub doirasi qaysi davlatdan o‘ tmaydi?


A) Shvetsiya B) AQSH C) Islandiya D) Finlyandiya

10. Temir rudalariga nisbatan boy bo‘ lgan hududni belgilang.


A) Arabiston yarim oroli B) Kalimantan yarim oroli
C) Efiopiya tog 'ligi D) Braziliya yassitog‘ ligi

11. Quyidagilardan faqat yomg‘ ir va yerosti suvlaridan to‘ yinuvchi daryolarni aniqlang.


A) Shimoliy Dvina B) Murrey C) Amudaryo D) Makkenzi

12. Qaysi daryo o‘ z oqimida estuariy hosil qiladi?


A) Missuri B) Avliyo Lavrentiy C) Rio-Grande D)Missisipi

13. Rеspublikamizda yagona bo‘ lgan soda zavodi joylashgan shaharni aniqlang.


A) Angren B) Chirchiq C) Qo‘ ng‘irot D) Farg‘ona

14.Hodisa va o‘ lchov asboblarini o‘ zaro muvofiqlikda belgilang.


1) atmosfera bosimi; a) gigrometr
2) shamol yo‘ nalishi; b) termometr
3) havo harorati; v) barometr
4) havo namligi; g) flyuger
A) 1- b, 2- a, 3- v, 4- g B) 1- v, 2-g, 3- b, 4- a
C) 1- a, 2- b, 3- g, 4- v D) 1- g, 2- b, 3- a, 4- v

15. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ yicha yiliga qancha mln tonna paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda?


A) 14-15 mln tonna B) 17-18 mln tonna C) 11-13 mln tonna D) 8-9 mln tonna

16. Paleozoy erasining oxirgi ikki davrini aniqlang.


A) Paleogen va Neogen B) Kembriy va Ordovik
C) Toshko`mir va Perm D) Bo`r va Yura

17. Noto‘ g‘ ri tushunchani belgilang.


A) Intruziv deb yer yuzasiga chiqib ulgurmagan, sovigan lavaga aytialdi.
B) Klyuchoviy – Sopkasi Rossiydagi eng baland vulkan.
C) Elbrus va Kazbek – so‘ ngan vulkanlar.
D) Antarktida – harakatdagi vulkanlari yo‘ q materik hisoblanadi

18. Qirg‘ oqlarini Tanganika ko‘ li suvi yuvib turadigan davlatlarni ko‘ rsating.


A) Kongo DR, Tanzaniya B) Efiopiya, Keniya C) Misr, Jazoir D) Gana, Somali

19. Baltika dengiziga suvini quyadigan Yevropadagi daryoni belgilang.


A) Volga B) Visla C) Dunay D) Odr

20. Quyidagilardan Osiyoga tegishli bo‘ lgan davlatlarni belgilang.


1) Kipr 2) Martinka 3) Butan 4) Gaiti 5) Nauru 6) Ummon 7) Iroq 8) Grenada
A) 1, 2, 5 B) 3, 5, 8 C) 4, 7, 6 D) 1, 3, 6

21. Avstraliya materigi qaysi eraning oxiriga kelib mustaqil materik tariqasida shakllangan?


Javob:____________________________________________
22. Flint- Mamont g‘ orining uzunligi necha kmga teng?
Javob:____________________________________________
23. Respublikamiz hududini egallagan tog‘ mintaqasi okean sathidan necha metrgacha bo‘ lgan joylarni o‘ z ichiga oladi?
Javob:____________________________________________
24. GFR ma’muriy jihatdan nechta yerdan tashkil topgan?
Javob: ____________________________________________
25. “Bodayto‘ qay davlat” qo‘ riqxonasi respublikamizning qaysi hududida joylashgan?
Javob: ____________________________________________
26. Ob-havoning biror joyga xos bo‘ lgan ko‘ p yillik rejimi (holati) ga nima deyiladi?
Javob: ____________________________________________
27. Suvaysh va Panama kanallari, La-Mansh va Gibraltar bo`g`izlarining o`rtasidagi umumiylik nimada?
Javob: ____________________________________________
28. Afrikaning qaysi daryosi Drakon tog‘ laridan boshlanib Hind okeaniga quyiladi?
Javob: ____________________________________________
29. Harorat +100C bo‘ lganda havoda 9 g/ m3, suv bug‘ i mavjud bo‘ lsa, havoning nisbiy namligi necha % bo‘ ladi?
Javob: ___________________________________________
30. Samarqandagi madaniyat va san’at tarix muzeyida saqlanayotgan globusning muallifi kim?
Javob: ___________________________________________



Yüklə 19,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə