Quritish qurilmasining moddiy balansining hisobi



Yüklə 71,41 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü71,41 Kb.
#134569
Quritish qurilmasining moddiy balansining hisobi


QURITISH QURILMASINING MODDIY BALANSINING HISOBI



  1. Ishning maqsadi

Quritish qurilmasining moddiy balansining hisoblashni o’rganish.


Nazariy qism. Quritish apparatining hisobi.Quritgichlarning nazariy hisobi. 9.1-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko‟rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o‟zgarmaydi (x0= x1), nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalpiyasi ortadi (I0). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.





Quritish qurilmasi.
Quritish kamerasida havoga qo‟shimcha issiqlik berilmaydi va havo o‟zidagi issiqlikni yo‟qotmaydi deb qabul qilamiz. Bu protsess nazariy quritishdeb ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdori namlikning materialdan bug‟lanishi uchun sarflanadi va hosil bo‟lgan suv bug‟i orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi. Nazariy quritishda havoning entalpiyasi o‟zgarmay qoladi (I = const).
Quritkichdan chiqayotgan havoning parametrlari t2, φ2, I2, x2, biroq I2= I1; x2= x1; t2 < t1; φ2> φ1. Sxemadan ko‟rinib turibdiki, nam materialning massasiG1(kg/soat), uning namligi W1(%), qurigan materialning massasiG2(kg/soat) va uning namligi W2(%).

9.2-rasm.
Quritish protsessining diagrammasi.
Real quritgichning moddiy va issiqlik balanslari. Real quritkichlardagi protsess nazariy quritishdagi protsessdan shu bilan farq qiladiki, bunda I2≠ I1bo‟ladi. Bunga sabab shuki, real quritkichlarda issiqlikning bir qismi atrof-muhitga yo‟qoladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo‟shimcha issiqlik kiritiladi (7.3-rasm).Uzluksiz ishlaydigan quritkichning moddiy balansini tuzish uchun quyidagi belgilarni qabul qilamiz: G1–nam materialning massasi, kg/soat; W1–uning namligi, %; G2–quruq materialning massasi, kg/soat; W2–uning namligi, %; W–bug‟langan namlik miqdori, kg/soat; L –havoning sarfi (quruq havo hisobida), kg/soat.Moddaning kirishi(kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx0; 3) nam material G1.Moddaning chiqishi(kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx2; 3) qurigan material G2.Moddiy balans tenglamasini tuzamiz.






Quritish protsessi uchun quruq moddalar bo‟yicha ushbu balans tenglamasini


tuzish mumkin.



Bu so‟nggi ifodadan quritish oxiridagi materialning mass


asini aniqlaymiz.



Bug‟langan namlikning (yoki materialdan chiqarilgan suvning) miqdorini
quyidagi tenglama orqali ham topish mumkin:



Moddiy balans asosida real quritkichning issiqlik balansini tuzamiz.Issiqlikning kirishi(kJ/soat); 1) havo bilan LI1 = LI0+ Qn(bu yerda: LI0–isitkichga kirgan havoning issiqligi, Qn–isitkichda havoning bergan issiqligi): 2) material bilan G1c1θ1(bu yerda: c1–nam materialning issiqlik sig‟imi, θ1–materialning dastlabki temperaturasi); 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’tr(bu yerda: Gtr –transport qurilmalarining massasi, ctr–transport qurilmalari materialining issiqlik sig‟imi, θ’tr–transport qurilmalarining dastlabki tempetaturasi); 4) quritish kamerasiga kiritilgan qo‟shimcha issiqlik qk.Issiqlikning sarflanishi(kJ/soat): 1) quritkich chiqayotgan havo bilan LI2; 2) quritilgan material bilan G2c2θ2; 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’’tr; 4) issiqlikning atrof-muhitga yo‟qolishi Qy. Issiqlik balansini tuzamiz:





Oxirgi tenglamaning o‟ng va chap tomonlarini


W ga bo‟lib, quyidagi ifodani olamiz:



Nazorat uchun savollar
1.Quritish haqida tushuncha.
2.Quritish apparatlari haqida tushuncha.
3.Quritkichlarning nazariy hisobi.
4.Real quritkichlarning moddiy balansi.
5.Real quritkichlarning issiqlik balansi.
6.Real quritkichdagi diagrammada tasvirlash.
Yüklə 71,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə