Uglevodorod gazlarini fraksiyalash texnologiyasi



Yüklə 198,43 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü198,43 Kb.
#151032
8-Gazlarini fraksiyalash texnologiyasi1



Uglevodorod gazlarini fraksiyalash texnologiyasi 
Ko`p 
komponentli 
aralashmalarni 
fraksiyaga 
ajratish 
jarayoni 
komponentlarning qaynash haroratlarining farqiga asoslangandir. Gazlarni 
fraksiyalash qurilmalarida asosiy qurilma bo`lib rektifikatsion qurilmalardan 
foydalaniladi. Ushbu vertical qurilmalar murakkab ichki jihozlar bilan jihozlangan 
bo`lib, ular tarelkalar yoki nasadkalar ko`rinishida bo`ladi.
GFQ da rektifikatsiyalashda suyultirilgan gazlar avval qizdiriladi, buning natijasida 
ayrim komponentlari gaz holatiga o`tadi va colonna o`rta qismidan beriladi. 
Kolonnaga kiritilgan aralashmaning suyuq fazalari pastga qarab, gaz holatidagilar 
esa yuqoriga qarab harakat qiladi. Pastga yo`nalayotgan suyuq faza colonna kub 
qismidan yuqoriga intilayotgan issiq bug`lar bilan to`qnashib undagi yengil 
komponentlar ajralib yuqoriga harakat qiladi. Har bir tarelkada boradigan ushbu 
kontakt natijasida og`ir uglevodorodlar kondensatlanib pastga harakat qilsa, 
yengillari yuqoriga harakat qiladi.
Colonna pastki qismiga harakatlanayotgan suyuq faza flegma deb ataladi. Avvaliga 
kolonnaga flegma sifatida, colonna yuqorisidan chiqayotgan gaz holatidagi 
uglevodorodlarni sovutib kondensatsiyalab, sug`orish maqsadida beriladi. 
Keyinchalik ushbu sovuq maxsulot kolonnadagi boshqa og`ir uglevodorodlarni 
biriktirib pastga harakatlanadi. Shu tariqa har bir tarelkada bir vaqtning o`zida 
ham issiqlik almashinish, ham modda almashinish jarayonlari sodir bo`ladi.
Suyultirilgan gazlarni fraksiyalash quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi. 
Xom ashyoni etansizlantirish. Etansizlantirish deetanizator kolonnasi K-1 da 
metan-etan gazlarining ajralishi bilan boradi. Kolonnadagi bosim boshqa 
kolonnalarnikidan nisbatan balandroq bo`ladi. Yengil uglevodorodlar zavod 
yoqilg`I sistemasiga yuboriladi.
Propan fraksiyasini ajratish. Jarayon K-2 propan kolonnasida olib boriladi. Xom 
ashy obo`lib deetanlashdan o`tgan suyuq massa foydalaniladi. Rektifikatsiya 
natijasida 2 xil fraksiya olinadi. K-2 kolonna yuqorisidan propan fraksiyasi va 


pastidan butan-pentan fraksiyasi. Kolonnadan chiqariladigan propan gazi 
xo`jalikda ishlatish uchun foydalaniladi. Propan-butan fraksiyasi esa K-3 kolonnasi 
uchun xom ashy obo`lib xizmat qiladi. 
Butansizlantirish. K-2 kolonnasi kub qismidan olingan maxsulot K-3 kolonnasi 
o`rta qismidan beriladi va yuqori qismidan butan fraksiyasi, pastki qismidan pentan 
va undan og`ir bo`lgan benzin komponentlari chiqarib olinadi.
Og`ir gazlarni fraksiyalash texnologik sxemasi ta`rifi.
Og`ir gazlar aralashmasi fraksiyalashga xom ashyo sifatida 16-issiqlik 
almashtirgichda qizdirilib 1-depropanizatorga beriladi. Depropanizatorga issiqlik 
13-reboyler orqali beriladi. Colonna kub qismida yig`ilgan aralashma reboylerga 
o`tadi va issiq bug` bilan qizdirilib bug`latiladi va kolonnaga qaytariladi. Colonna 
yuqorisidan chiqqan propan bug`lari 4-kondensatorda sovutilib 7- separatorda 
yig`iladi. Kondensatlangan propan nasos yordamida 2 oqimga haydaladi. 
Birinchisi colonna yuqorisiga sug`orish maqsadida berilsa, ikkinchisi tayyor 
maxsulot sifatida tayyor maxsulot saqlash sexiga uzatiladi. Depropanizator pastida 


qolgan bug`lanmagan maxsulot 16-issiqlik almashtirgichda sovutilib 17- issiqlik 
almashtirgichda isitilib 2-butan kolonnasiga beriladi. Colonnaga issiqlik 14-
reboyler bilan berib turiladi. Colonna yuqorisidan chiqqan butangacha bo`lgan 
maxsulotlar bug`lari 5-kondensatorda suyulib 8-yig`ish idishida yig`iladi va 11-
nasos yordamida yo`nalishga haydaladi. Bir qism maxsulot butan kolonnasi 
yuqorisiga sug`orish uchun beriladi. Qolgan qismi esa 3-izobutan kolonnasiga 18-
issiqlik almashtirgich orqali beriladi. Butan kolonnasi kub qismida bug`lanmasdan 
yig`ilgan maxsulot stabillangan benzin sifatida jarayondan chiqariladi. Izobutan 
kolonnasi maxsulotlari 15-reboyler bilan qizdiriladi. Bu yerda butan va izobutanlar 
bir-biridan ajratiladi. Bug`langan izobutan 6-kondensatorda kondensatlanib 9-
yig`gichda yig`iladi va 12-nasos yordamida bir qismi kolonnaga sug`orish uchun 
berilsa, qolgan qismi tayyor maxsulot sifatida jarayondan chiqariladi.

Yüklə 198,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə