Ob havo iqlim va unga moslashuv Reja: Ob havo haqida Iqlim haqida



Yüklə 22,64 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü22,64 Kb.
#162858
Ob havo iqlim va unga moslashuv


Ob havo iqlim va unga moslashuv
Reja:
1.Ob havo haqida
2. Iqlim haqida
3. Ob havo iqlim va unga moslashuv

Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlik va havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.


Ob-havo deb troposfera ning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma'lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, fasldagi) holatiga aytiladi.
Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamolsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, bug‘lanish kuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib soviydi. To‘p-to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba'zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u barqaror ob-havo deyiladi.

Inson hayoti va mehnat faoliyati uchun ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan bilish juda zarur. (Nima uchun zarur?) Ob-havoni oldindan aytish uchun troposferaning holati haqidagi ma'lumotlar kerak bo‘ladi. Bunday ma'lumotlar meteorologik stansiyalarda to‘planadi. Ma'lumotlar Yerdagi kuzatishdan tashqari, kosmik yo‘ldoshlar va stansiyalardan ham olinadi. Meteorologik markazlarda ob-havo xaritalari tuziladi va shunday xaritalar yordamida ob-havoning qanday bo‘lishi oldindan e'lon qilinadi.


Iqlim.
Ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi (holati) shu joyning iqlimi deyiladi. Iqlimning ta'rifiga harorat va yog‘in miqdori, shamollar, havo massalari, ob-havoning holati haqidagi ko‘p yillik o‘rtacha ma'lumotlar kiradi. Iqlim ta'rifiga yana eng yuqori va eng past harorat, yillik yog‘inning eng ko‘p va eng kam miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham kiritiladi.
Iqlim haqidagi ma'lumotlar nima uchun kerak? Iqlim har bir joyning tabiatiga, relyef, daryo va ko‘llar, o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga ta'sir ko‘rsatadi. Iqlim haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib shahar qurilishi, yo‘l o‘tkazish, to‘g‘on, suv ombori bunyod etish uchun joy tanlash mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi esa butunlay iqlimga bog‘liq.
Har bir joyning iqlimi nimalarga bog‘liq? Iqlim avvalo joyning geografik kenligiga bog‘liq. Ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Qutblarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning oqibatida Yer yuzida issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Bular tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mintaqalar.
Okeanlarning uzoq-yaqinligi ham joy iqlimiga ta'sir ko‘rsatadi. Yevropadagi Ispaniya va Gretsiya davlatlari O‘zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan. Lekin Ispaniya va Gretsiyada qishda havo harorati O‘zbekistondadagidan ancha yuqori bo‘ladi, yog‘in ham ko‘p yog‘adi. Bunga sabab iliq Atlantika okeanidan Ispaniya va Gretsiyaga iliq, sernam havo kelib turadi. O‘zbekiston okeandan uzoqda joylashgani sababli yog‘in kam, qishda sovuq va yozda juda issiq bo‘ladi.
Qishda iliq, yozda salqin va yog‘in ko‘p yog‘adigan, dengizga yaqin joylar iqlimi dengiz iqlimi deyiladi. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontinental iqlim deb yuritiladi.
O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida
joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat: osmon nihoyatda ochiq va quyoshli; harorat
nihoyatda yuqori, yillik yog‘in miqdori kam, aksincha, mumkin bo‘lgan (potensial)
bug‘lanish katta: yoz uzoq vaqt davom etib, jazirama issiq, qish esa shu geografik
kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta.
O‘zbekiston iqlimining bu xususiyatlari, eng awalo. iqlim hosil qiluvchi omillaiga
bog‘liq.

Iqlim hosil qiluvchi omillar. O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishida uning geografik o‘rni va u bilan bog‘liq quyosh radiatsiyasi; atmosfera sirkulatsiyasi; relyefi: yer yuzasining holati (yer yuzasi nimalar bilan qoplanganligi) va kishilaming xo‘jalik faoliyati (antropogen) ta‘sir etadi.

0‗zbekiston geografik o‗rniga ko‗ra ancha janubiy kengliklarda joylashgan. Shu
sababli quyosh uni uzoq vaqt yoritib va isitib turadi. Lekin 0‗zbekiston hududi
shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi tufayli quyoshning nuri uning hamma
qismida bir xil tushmaydi. Agar shimoliy qismiga yozda (22- iyunda) quyosh 71
—72° burchak hosil qilib tushsa, janubida 76° ni tashkil etadi. Binobarin, shimolda
quyosh yiliga 2500 — 2800 soat nur sochib tursa, janubda 3000—3100 soat nur
sochib turadi. Shu sababli O‗zbekistonni «serquyosh o‗Ikaª deb yuritiladi. О
zbekistonda yil davomida har bir sm2 yuza Quyoshdan shimolda 130, janubda 160
kkal radiatsiya (issiqlik energiyasi) oladi. 0‗zbekiston hududiga yiliga o‗rtacha
tushayotgan quyosh energiyasining miqdori 30 mlrd tonna ko‗mir ekvivalentiga
teng.

0‗zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulatsiyasining ahamiyati


katta. Qishda 0‗zbekiston hududiga shimoli-sharqdan Sibir antisiklon havo
massalari, shimoldan Arktika havo massalari kirib kelib, uning janubiy
qismlarigacha yetib boradi. Natijada havo ochiq bo‗ladi, lekin harorat pasayib,

sovib ketadi. Shimoliy sovuq havo massalaridan tog‗lar bilan to‗silgan. Surxon-


Sherobod vodiysida qish nisbatan iliq bo‘ladi. Qishda 0‗zbekiston hududiga


o‗rtacha kengliklardagi havo massalari ham kirib kela oladi, tropik oqimlari bilan
to‘qnashishi oqibatida ob-havo 0‗zgarib, havo biroz ilib, yomg‗ir yoki qor yog‗ishi
kuzatiladi.

Adir o‘simliklari

Yozda 0‗zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi

oqibatida termik o‗choq vujudga keladi. Natijada havo ota qizib. siyraklashib,


mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi. Bu bo‗shliqni (past bosimni)
to‗ldirish uchun shimoli-g‘arbdan va g‗arbdan salqin havo massasi esadi. Lekin
havo qizib ketganligi tufayli bu havo massalari yog‗in keltirmaydi. Bu havo oqimi
0‗zbekiston tog‘larida nisbatan salqin bo‗lganligi tufayli yomg‗ir yoki qor
tariqasida yog‗adi.

Yoz fasli

0‗zbekiston iqlimining tarkib topishida relyef ham ta‘sir etadi. Respublikaning
shimoli, shimoli-g‗arbiy qismi ochiq. Natijada shimoldan, shimoli-g‗arbdan
esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, janubiy qismi togiar
bilan o‗ralganligi tufayli iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga to‘siq
bo‗ladi. Tog‘larda yozda tekislikka nisbatan havo salqin bo‗lib, yomg‗ir ko‗proq
yog‗adi, qish esa sovuq bo‘lib, uzoq davom etadi. qor nisbatan ko‗proq yog‗adi.
Natijada tog‗larning baland qismida doimiy qor va muzliklar vujudga keladi.

Insonning xo‗jalik faoliyati tufayli iqlimga ta‘sir etilmoqda. havo ifloslan- moqda, mikroiqlimning o‗zgarishiga (sug‗oriladigan mintaqada atrofidagi yerlarga nisbatan yozda harorat 1,5 — 3,5°C gacha past, nisbiy namlik 10 — 15% ortiq) sabab bo‗lmoqda.

Haroratning taqsimlanishi. 0‗zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasawurga ega bo‘lish uchun yillik o‘rtacha haroratni bilish kerak. O‘rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Toshkentda +11,9°C, Termizda + 17,8°C.
Yog’inlarning taqsimlanishi. O‘zbekistonda yog‘inlar asosiy suv manbayi

hisoblanib, hudud va yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo


massalanmng xususiyatiga, yerusti tuzilishiga, tog‘larning yo‘nalishiga va
balandligiga bog‘liq. Yog‘inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo
massalari keltiradi.

O‘zbekistonda eng kam yillik yog‘in miqdori Ustyurt. Quyi Amudaryo va


Qizilqumga to‘g‘ri kelib, 100 mm atrofida. Yog‘inlar miqdori sharq va janubi-
sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O‘zbekistonning adir
va tog‘oldi qismiga o‘rtacha yiliga 300—550 mm, G‘arbiy Tyanshan, Hisor-
Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy nam havoga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlariga
800—900 mm yog‘in tushadi. O‘zbekistonda eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy

Tyanshanning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri kelib 2000

millimetrni tashkil etadi. Yog‘inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog‘inning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog‘adi.

O‘zbekistonnong iqlim haritasi


O‘zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35-40 kun yog‘inli bo‘isa, bu
ko‘rsatkich tog‘larda 70-90 kun bo‘ladi. Yog‘inning bir qismi qor holida tushadi.
Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg‘un bo‘lmasdan, shimoli-
g‘arbida 40-50 kun, janubi- sharqida 10-15 kun, tog‘larda -90-100 kun saqlanib
turadi. Qorning о`rtacha qalinligi tekislik qismida 1-8 sm (eng qalini 30 sm).
tog‘oldida 10-20 sm (eng qalini 60 sm), tog‘larda 60 sm (eng qalini 1,5-2,0 m.) ni
tashkil etadi.
O‘zbekistonda yog‘inning bir qismi kuchli shamol va jala aralash do‘l holida yog‘adi. Bunday hodisa har 10 yilda o‘rtacha tekislik qismida 1 martadan 6-7 martagacha, tog‘oldi va tog‘da 1-2 marta sodir bo‘ladi.

Yozda havoning juda isib ketishi yer yuzasidan namlikning ko‘plab


bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. Natijada O‘zbekiston tekislik qismida yillik yog‘inga
nisbatan mumkin bo‘lgan bug‘lanish bir necha marta (Toshkentda 3,5 marta,
Nukusda 27 marta) ko‘p. Bug‘lanishning 80 — 85 foizi may—oktabr oylariga
to‗g‘ri keladi.

O’zbekistondagi yog’inlar


Shamollar. O‘zbekiston hududiga yil davomida shamollar shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy tomondan esib turadi. Qishda shamollarning yo‘nalishi Sibir antisikloni va Turon tekisligining janubidagi siklonlar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Shu sababli O‘zbekiston shimoliy qismida shamollar shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy yo‘nalishda esadi. Janubiy qismida esa ko‘proq janubi-g‘arbiy yo‘nalishda siklonlar harakat qiladi.
Yozda O‘zbekistonga shimoli-g‘arbdan, shimoldan va g‘arbdan shamollar esadi.
Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog‘in vujudga kelmaydi, aksincha, tog‘
tomon ko‘tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida, bulutlar hosil bo‘lib, yog‘in
yog‘adi.O‘zbekistonda yana mahalliy tog‘-vodiy, bekobod (havos), qo‘qon, afg‘on
shamollari esib turadi.
Tog‘-vodiy shamollari O‘zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog‘ga, kechasi tog‘dan vodiyga tomon esadi. O‘zbekistonda yoz quruq va i iq bo‘lih. uning tekislik qismida iyulda o‘rtacha harorat +26-30 С ga yetsa, janubda +31 +32 С ga yetadi. Eng yuqori harorat Termizda +50 С gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75-+80 С gacha qiziydi.
Qishda — yanvarda o‘rtacha harorat O‘zbekistonda shimoli-g‘arbdan (Ustyurtda— 10—11 С) janubi-sharqqa qarab (Samarqandda +0.3 C. Tcrmizda +2.S C) ilib boradi. Ba‘zan Arktika va Sib‘r havo massalarining kirib kelishi va turib qolihi natijasida qish sovib ketadi, eng past harorat Surxondaryoda -20;C, Toshkentda -30 C. Ustyurtda —38 C gacha pasayadi.
O‘zbekiston tog‘larida harorat yuqoriga ko‘tarilgan sari pasaya boradi. Bundan tashqari, haroratning taqsimlanishi tog‘ tizmalarining yo`nalishiga quyoshga ro‘paraligiga, havo massalarining yo‘nalishiga bog‘liq.
Bekobod shamoli qishda Farg‘ona vodiysida bosim yuqori. g‘arb tomonda
bosim past bo‘lganda «Xo‘jandª darvozasi orqali Mirzacho‘l tomonga esadi.
tezligi sckundiga 30 — 40 m ga yetadi. undan xalq xo‘jaligiga zarar yetmoqda.
Qo’qon shamoli bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esib. tezligi sckundiga 15 —25 m ga yetadi.

Surxon-Sherobod vodiysiga janubi-g‘arbdan chang-to‘zonli va quruq afg on shamoli esib, tezligi 15—20 m ga yetadi. bir necha kun esib turadi. Afg‘on shamoli qishloq xo‘jalik ekinlariga, mevali daraxtlarga zarar yetkazadi.


O’zbkistondagi yol fasllar
Yil fasllari. O‘zbekistonda yil fasllari shu geografik kenglikda joylashgan boshqa
hududlardan farq qiladi. Taqvim bo‘yicha yil fasllari uch ojdan to‘rt fasl davom
etsa-da, Respublikamiz serquyoshdir. Quyosh uzoq vaqt yoritib, isitib turishi natijasida yoz uzoq vaqt davom etadi va qishi qisqadir.
Qish fasli
Qish. O‘zbekistonda qish shu kengliklarda joylashgan O‘rta dengiz atrofidagi
hududlarga nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, havo ko‘pincha
ochiq bo‘ladi va sovuq kunlar ba‘zan iliq bulutli va yog‘inli kunlar bilan
almashinib turadi. Qishda yillik yog‘inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr
oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar «qish chillasiª (26 dekabrdan 5 fevralgacha, 40 kun) da sodir bo‘ladi. Chunki bu davrda hududga Arktika va Sibir sovuq havolari ko‘proq yetib kelib, turib qoladi. Natijada harorat pasayib, Ustyurtda -38° gacha, Surxondaryoda -20°C gacha pasayadi. Tog‘larda qish davomli bo‘lib, 3-4 oy davom etadi.
Bahor. Taqvim bo‘yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida
fevral oyidan, o‘rtacha sutkalik harorat +5°C dan oshganda boshlanadi. Bahorda
ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog‘in ko‘p (o‘rtacha yillik
yog‘inning 40 foizi) tushadi.
Ba‘zan yog in jala tariqasida yog‘ib, tog‘ va tog‘
etaklarida selni vujudga keltiradi. Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida
harorat ko‘tariladi, havo ochilib, yog‘in kamayib, haqiqiy yoz bos hlanadi. Bahorda
21-martda kun bilan tun teng bo`ladi va bu kun 0‗zbekistonda «Navro‗zª bayrami
sifatida nishonlanadi.
Yüklə 22,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə