15-mavzu. Okean faunasini zoogeografik rayonlashtirish xususiyatlari Reja Tropik – Atlantik zoogeografik hududi



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə1/6
tarix05.10.2023
ölçüsü22,35 Kb.
#125537
  1   2   3   4   5   6
MAVZU 15. Okeanlar faunasini zoogeografik raonlashtirish xususiyatlari

15-mavzu. Okean faunasini zoogeografik rayonlashtirish xususiyatlari

Reja

  1. Tropik – Atlantik zoogeografik hududi

  2. Tropik – Indo – Patsifik zoogeografik hududi

  3. Antarktika zoogeografik hududi

  4. Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazalanishi




Tayanch so‘zlar: Fauna, zoogeorafik rayonlar, Tropik – Atlantik, Tropik – Indo – Patsifik, Antarktika.

Tropik – Atlantik zoogeografik hududi. Bu hudud ekvatorning ikkala tomonida, Atlantika okeani bo‘ylab cho‘zilgan. Hudud tarkibiga okeandan tashqari, O‘rta Yer, Sargass, Karip dengizlari va Meksika ko‘rfazi ham kiradi. Bu yerda suvning yuza qatlamida doimiy yuqori harorat hukmronlik qiladi. Suvning yuza va chuqur qatlamlarida harorat sezilarli darajada farq qiladi.

Amerikaning sharqiy qismida qirg‘oq zonasi ancha keng maydonning egallaydi. Hududdagi deyarli barcha akvatoriya okean sho‘rlanishiga ega. Bu hayvonot dunyosining boy va xilma – xil bo‘lishiga olib keladi.

Mazkur hududda bir necha turga mansub kitsimonlar (kashalotlar, kosatkalar) uchraydi. Ammo mo‘ylovli kitlar deyarli uchramaydi.

Oq qorinli tyulenlar va sirenlar turkumiga mansub – lamontinalar endemiklar sanaladi. Tropik suvlarda kurakoyoqlilar turkumiga mansub – fregat qushlari odatdagi turlardan hisoblanadi. Bermuz orollarida esa nayburunli qushlar turkumiga mansub okean qushlari – foetonlar uya qurishadi. Xuddi shunday O‘rta yer dengizi baliqchi qushi ham xarakterli turlardandir.

Hudud uchun endemik sudralib yuruvchilardan nomdor dengiz yashil toshbaqasi kenja turi uchraydi. Mazkur tur qachonlardir juda ko‘p sonda Antil orollarining qirg‘oqlarida uchragan.

Bu yerda akula va skatlarning ko‘pgina turlari tarqalgan. Uchuvchi baliqlar – sargansimonlar turkumidan 16 turi endemik sanaladi. Xuddi shunday dengiz okunlari, marjon baliqchalari kabi baliqlarning turli taksonomik birlikka mansub vakillarining ham bir necha turlari endemiklar hisoblanishadi. Endemiklarga O‘rta yer dengizi murenasi, daryo ugor balig‘i (faqat Sorgass dengizida ko‘payadi) bir necha turdagi dengiz nina baliqlari va dengiz otchalarini ham kiritish mumkin. Hududda qisqichbaqasimonlar (krevetka, langust, omar, krab va boshq) mollyuskalar, ninaterililar va boshqa dengiz umurtqasizlari xilma – xil va boshqa joylarda juda ko‘p sonda uchraydi.


Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə