Ўзбекистоннинг табиий географик районлаштирилиши



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#157412
  1   2   3
FUNKSIONAL RAYONLASHTIRISH VAZIFALARI




FUNKSIONAL RAYONLASHTIRISH VAZIFALARI
Reja:



  1. Tabiiy funksional geografik rayonlashtirsh

  2. Tabiiy geografik rayonlashtirish

  3. O`zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi

Kompleks tabiiy geografik rayondaashtirish — tabiiy geografiyaning eng muhim birinchi darajali muammolaridan biri xisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan prino`ipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo`lishdan tashqari xalq xo`jaligining turli sohalari uchun ham amaliy ahamiyatga egadir. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilib, o`zgartirish, xalq xo`jaligini intensiv, rivojlantirish, xalq xo`jalik tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati ichidagi tafovutlarni har tomonlama va ilmiy jihatdan puxta bilishni taqozo etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish bu hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan va tabiatda obyektiv mavjud bo`lgan, birbiridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy kompleksldrni aniqlashdir.

Tabiiy-geografik rayonlashtirishiing prino`ipi bu tabiii geografik bo`linishning obyektiv holda mavjudligiga birlik prino`ipi, komplekslik prino`ipi, obyektivlik prino`ipi, shgsbiy bir xillik prino`ipi, genetik prino`ipi va boshqa prino`iplari mavjud.


Ma`lum hududni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirishda tadqiqotchilar har xil uslublardan foydalanishlari mumkin. Ularning eng muhimlari: turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslash uslubi landshaft va tipologik komplekslar xaritalaridan regional birliklarni aniqlash uslubi; xarakterli landshaft komplekslarining ustunlik uslubi; kartografik uslub; tabiiy geografik birliklarni bevosita dalada (joyda) aniqlash uslubiy.
Tabiiy geografik rayonlashtirishning yana bir muxim tononi bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari (chizmasi) dir. Shu vaqtgacha O`zbekiston hududini rayonlashtirishning hamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo`q.
Vaholanki Turkiston, jumladan O`zbekiston hududini tabiiy geografiq rayonlashtirish bilan L. S. Berg (1913), S. I. .Abolan (1929), V. M. Chetirkin (1944); E. M. Murzayev (1953, 1958), P. S. Makeyev (1956), L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) shug`ullanganlar va o`z taksonomik birliklarini tavsiya etganlar. Bular ichida L. N. Babushkin, N. A. Kogaylarning rayonlashtirish tizimi dikqatga sazovordir. Chunki ularning tabiiy geografik rayonlashtirish tizimi O`zbekiston hududini hamma qismini to`ligicha qamrab olgan.
L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turkistonning bir kismi hisoblangan O`zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda quyidagi taksonomik birliklar tizimini qo`llaydi: mamlakat (o`lka) — provino`iya — provino`iyacha — okrug — rayon—landshaft.
L. N. Babushkin, N. A. Kogay rayonlashtirish tizimiga ko`ra O`zbekiston hududining asosiy qismi Turon provino`iyasiga kiradi. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turon provino`iyasini tekislik va tog` oldi — tog`lik deb ikki provino`iyachaga ajratadi. Tekislik provino`iyachasiga Ustyurgg, Quyi Amudaryo, Qizilqum va Quyi Zarafshon okruglarini; tog`oldi — tog`lik provino`iyachasiga esa O`rta Sirdaryo, Farg`ona, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarini kiritadi. Har bir okrug o`z navbatida rayonlarga, rayonlar esa landshaftlarga bo`linadi.
Biz O`zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda uni o`rta umumta`lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va talabalarga qulaylik tug`dirish maqsadida quyidagi rayonlashtirish tizimini ko`lladik: Provino`iya—provino`iyacha — okrug — rayon — landshaft.
Ma`lumki, O`zbekiston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provino`iyasiga, faqat Ustyurt platosi esa Markaziy Qozog`iston provino`iyasiga kiradi. Demak, O`zbekiston hududi Turon provino`iyasining bir qismi hisoblanib, tabiiy komplekslari unsurlarining farqi uning tekislik qismi bilan tog` oldi va tog`larida yaqqol ko`zga tashlanadi. Binobarin, O`zbekiston hududini tekislik va tog` oldi tog` deb ikkita provino`iyachaga ajratish maqsadga muvofiq. O`zbekistonning tekislik va tog` oldi tog`lik qismlari landshaftning rivojlanishi va vujudga kelishi jihatidan ham, hozirgi tabiiy geografik xususiyatlara jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Tog`larda denudao`iya va eroziya jarayoni kuchli va ular tog` oldiga keli6 to`planadi. Tekislik qismi zsa uzok vaqt dengiz tagida qolib, qalin mezokaynazoy cho`kindi jinslari bilan qoplangan. Tog`li qismi esa lsosao` paleozoy jinslaridan tarkib topgan bo`lib, gero`in va so`nggi tektonik jarayonlar natijasida ko`tarilib qolgan. O`zbekiston tekislik qismining iklimi qurg`oqchil bo`lib, yozi juda isib ketsa, tog` oldi va tog`larda xarorat nisbatan bir oz salqin bo`lib, yog`in ortib, yuqoriga ko`tarilgan sari xarorat pasayadi. Apa zpular ta`sirida tuproq va o`simlik koplamida ham tekislik bilan tog` oldi va tog`larda farq mavjud. Biz O`zbekiston xududa kat`iy rioya qilishdir. Tabiiy geografik rayonlashtirishning hududiy dining tekislik qismi bilan tog` oldi tog` qismi orasidagi yuqorida qayd qilgan tafovutlarni xisobga olib uni quyidagi ikkita provino`iyachaga — tekislik provino`iyasiga va tog` oldi tog` provino`iyasiga bo`lamiz. Ular orasidagi chegarani tog` oldi allyuvialh tekisliklarning kuyi qismi yoki och bo`z tuproqning quyi chegarasi orqali o`tkazish ma`qul.
Har bir provino`iyacha o`z navbatida bir-birdan geologik, geomorfologik xususiyatlari, orografik va gipsometrik sharoitlari va boshqa tabiiy unsurlari jihatidan farqlanuvchi yirik tabiiy xududiy komplekslarga—okruglarga bo`linadi.
O`zbekiston tekislik provino`iyachasi Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilkum va Quyi Zarafshon kabi okruglariga; tog` oldi tog` provino`iyachasi esa Toshkent-Mirzacho`l, Farg`ona, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, G`arbiy Tyanshan, Turkiston-Nurota, Hisor-Zarafshon va Bobotog` kabi okruglarga bo`linadi.
Okrug o`z navbatida geomorfologik va iqlimiy xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik turlariga ega bo`lgan kichik tabiiy hududiy komplekslarga, rayonlarga bo`linadi. Rayonlar esa o`z navbatida yanada kichik tabiiy xududiy komplekslar — landshaftlarga ajraladi. Landshaftlarni ajratishda biz asosan relefning genetik xususiyatlariga va tuproqo`simlik turlariga e`tibor berdik.
Ushbu qo`llanmada asosiy e`tiborni okrug, qisman esa rayonlarga qaratib, ularga kompleks tabiiy-geografik tavsif berib; landshaft turlarini sanab o`tish bilan cheklandik.



Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə