5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari Reja



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə1/9
tarix15.05.2023
ölçüsü40,46 Kb.
#110322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu (2)


5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari
Reja:

  1. Mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari

  2. Mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari.

  3. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansi

Tayanch so’z va iboralar: Aholining hududiy joylashuvi, aholisining hududiy tarkibi, ijtimoiy-demografik xususiyatlari, migratsiya, emigratsiya, imigratsiya, tabiiy o’sish, mehnat resursi
1. Mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari
Mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining hududiy jihatlari
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiyiqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. “Mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimtik tadqiqoti mazkur bozorni o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:

  • ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;

  • bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

  • mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;

  • ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;

  • ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.

O’zbekiston mehnat bozori quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar orqali tavsiflanadi.

Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə