5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari Reja



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə7/9
tarix15.05.2023
ölçüsü40,46 Kb.
#110322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu (2)

EP = U + E, bunda:
EP - iqtisodiy faol aholi.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
EIP = PS + IW + VUP, bunda:
EIP - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi;
PS - ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotgan o’quvchilar va talabalar;
IW - bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar;
VUP - uy bekalari va mustaqil ravishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar, shuningdek, ko’char va ko’chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar;
Axborot manbalari:
PS - statistika organlarining ma’lumotlari;
IW - statistika organlarining hisoblangan ma’lumotlari;
VUP - mehnat organlari tomonidan mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha o’rganishlar ma’lumotlari.
Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo’yicha tuman va shaharlar Bandlikka ko’maklashish markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
US = U - UO, bunda:
US - ish bilan band bo’lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
U - ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi
(ishsizlar);
UO - ishga joylashtirishga muhtoj bo’lganlarni aniqlash paytida rasman
ro’yxatdan o’tkazilgan ishsizlar.
Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari ma’lumotlari rasman
ro’yhatdan o’tkazilgan ishsizlar bo’yicha axborot olish manbai hisoblanadi.
Aholining ish bilan bandligini o’rganish tanlab olingan uy xo’jaliklari a’zolaridan so’rovnoma o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uy xo’jaliklari bo’yicha so’rovnoma o’tkazish Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari xodimlari tomonidan hamda zarurat bo’lgan holatlarda Bandlikka ko’maklashish jamg’arma mablag’lari hisobiga to’lov shartnoma asosida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari bo’yicha so’rovnoma o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus anketa so’rovnomasi orqali amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari bo’yicha so’rovnoma o’tkazishning sifati uchun javobgarlik uy xo’jaliklari bo’yicha so’rovni o’tkazgan xodimga yuklanadi.
So’rovnoma o’tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • uy xo’jaliklari bo’yicha anketa so’rovnomasi o’tkazish - bir yilda to’rt marotaba (har chorakda);

  • ma’lumotlar bazasini shakllantirish - hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so’rovnomasi o’tkazish oyining 1-kunigacha;

  • anketa so’rovnomasi natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish - hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so’rovnomasi o’tkazish oyining oxirigacha;

  • o’rganish natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma va jadvallarni tayyorlash - hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha.

Mamalakat amaliyotiga muvofiq ishlab chiqilgan ma’lumotlar va hisobkitoblar asosida mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari tomonidan ishlab chiqiladi.
Baholash (hisob-kitob) balansi O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi bilan birgalikda har chorakda shakllantiriladi.
Baholash (hisob-kitob) balansi asosida aholi bandligini ta’minlash, zarur holatlarda ish o’rinlari tashkil etish parametrlariga tuzatishlar bo’yicha aniq choratadbirlar ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining prognoz balansi O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kelgusi davrga ishlab chiqiladi.

Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə