5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari Reja


Eos - statistika organlari ma’lumotlari; EIs



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə5/9
tarix15.05.2023
ölçüsü40,46 Kb.
#110322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu (2)

Eos - statistika organlari ma’lumotlari;
EIs - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bandlik masalalari bo’yicha o’rganishlar ma’lumotlari;
LM - ichki ishlar, bojxona organlarining hamda mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo’yicha o’tkaziladigan o’rganishlarning ma’lumotlari.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar soni davlat statistika hisoboti, davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lovchilarning davlat soliq hisobi hamda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lovi bo’yicha korxona, muassasa va
tashkilotlarning soliq hisobotlarida qayd etilgan shaxslar; harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lovidan ozod etilgan tashkilotlar xodimlari;
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar jumlasiga soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:

xo’jaliklarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan dehqon xo’jaliklari a’zolari;

  • uyda pulli xizmatlar ko’rsatish bo’yicha mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagan tadbirkorlarda (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar) yollanib ishlash bilan mustaqil band bo’lgan shaxslar;

  • tadbirkorlarga yollanib ishlovchi shaxslar, shu jumladan ularning oila a’zolari hamda davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lovisiz va mehnat munosabatlari rasmiylashtirilmagan jismoniy shaxslar (quruvchilar, yuk tashuvchilar, farroshlar, ishchilar va boshqalar).

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlik mezonlariga quyidagilar kiradi:

  • haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq to’lanadigan har qanday faoliyat turi bilan bandlik;

  • bandlik muntazamligi - iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi bandlikdan tushgan har haftalik daromadning mavjudligi;

  • 10 sotix yer maydonida shaxsiy yordamchi xo’jaligini yuritish uchun foydalaniladigan uy xo’jaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar soni mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq bir yilda to’rt marotaba mehnat organlari tomonidan o’tkaziladigan bandlik masalalari bo’yicha tanlab o’rganishlar (keyingi o’rinlarda o’rganish deb ataladi) asosida aniqlanadi.
O’rganish ma’lumotlari asosida iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band aholi sonini aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mazkur metodika-
ning ilovasiga muvofiq faoliyatning tegishli turlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so’rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə