1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-7-35




1-BOB. AVTOMOBIL SANOATI VA TRANSPORT 
1.1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi 
Hozirgi kunda hom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq usulda 
ko‘mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va sanoat 
korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga zarur yuklar, o‘g‘it va turli mahsulotlar 
tashish, keng istemol mollarni bevosita istemolchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish 
va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Yuk avtomobillardan 
tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik 
turmushidagi ahamiyati katta. 
Avtomobil
1
 

kashfiyotchilarining 
bug‘ aravasini rivojlantirish
takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar mobaynida tinimsiz ish olib borishi 
natijasidir. 
Avtomobil 
transporti 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
muvaffaqiyatli 
rivojlanishini ta‘minlovchi, harakatga keltiruvchi kuchlarning muhim tarkibiy 
qismlaridan biridir. Avtomobil transporti davlat uchun nafaqat iqtisodiy, balki 
strategik ahamiyati ham katta. 
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, 
unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. Bir necha 
yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha o‘ziyurar avtomobillar yaratildi. 
Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769-yilda fransuz harbiy 
injeneri 
Nikol-Jozef Kyuno 
yaratdi (1.1-rasm). 
Bu avtomobilda bug‘ dvigateli oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, 
oldingi g‘ildirak ham etakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bug‘ dvigatelining 
bunday o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak 
o‘ng yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘ 
qozoni ham buriladi. 
Kyunoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib 
ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda) 
1
«Avtomobil» so‘zi (avto- grek tilida o‘zi, mobil - lotincha harakatlanuvchi) «o‘zi 
harakatlanuvchi» degan ma‘noni bildiradi.



qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib, uning tezligi 3 tonna 
yuk bilan 2-4 kmG‘soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘ avtomobilini dastlabki yuk 
avtomobili deyish mumkin. 
Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‘lgan quvvatga qiyinchilik bilan erishardi. 
Qozon katta hajmga ega bo‘lib, buning bosimi tez orada pasayib qolardi. Bosimni 
bir maromda ushlab turish uchun har chorak soatda to‘xtab olovni kuchaytirish 
kerak bo‘lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan amalga oshirilgan va ko‘p vaqt 
talab qilar edi. 
Keyinchalik Kyunoning bug‘ avtomobili muzeyga topshirilgan. Mexanik 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə