1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-7-35

 
1.3-§. Avtomobillarning tasnifi 
Avtomobil 
–quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil 
energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan hamda katta qulaylik va 
havfsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashishga 
yoki o‘ziga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir. 
Avtomobillar vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
Passajir avtomobillari
yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular o‘z 
navbatida ikkiga bo‘linadi: avtobuslar va engil avtomobillar. Passajir avtomobillari 
sakkiztadan ko‘p o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, avtobus, sakkiztadan kam o‘rinli 
bo‘lsa, engil avtomobil deb ataladi.
AVTOMOBIL 
TRANSPORT 
MAXSUS 
POYGA 
 
PASSAJIR 
 
YUK 
YUK- 
PASSAJIR 
O’T O’CHIRUVCHI, MUSOR TASHUVCHI, SUV 
SEPUVCHI, KO’CHA SUPIRUVCHI VA X.K.
 
 
1.5-rasm. Avtomobil turlari 


17 
Yengil avtomobillar
ikki, to‘rt, etti hamda sakkiz o‘rinli bo‘ladi. Ularga 
o‘rnatilgan dvigatelning ish hajmiga qarab engil avtomobillar bir-biridan farq 
qiladi, 1,2 litrgacha mikrolitrajli –o‘ta kichik turkum, 1,2. dan 1,8 litr gacha kichik 
litrajli kichik turkum, 1,8 dan 3,5 litr gacha - o‘rtacha litrajli va 3,5 litrdan ortiq –
katta litrajli. 
Maxsus avtomobillar
malum ishlarni bajarishga imkon beradigan 
mexanizm, qurilma va uskunalar bilan jihozlangan. Masalan, o‘t o‘chirish, ko‘cha 
supirish, yuk ortish avtomobillari va xokazo. 
Poyga avtomobillari
sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil-sport poygasida 
qatnashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Poygalar aylanma va to‘g‘ri yo‘llarda 
o‘tkaziladi. Belgilangan masofada yuqori natijaga erishish uchun maxsus poygalar 
ham o‘tkaziladi. 
Har xil yo‘llardan harakatlanish 
xususiyatiga qarab oddiy va o‘tag‘on 
avtomobillar bo‘ladi. 
1. 
Avtomobil 
qatnoviga 
moslashtirilgan 
qattiq 
qoplamali 
yo‘llarda harakatlanuvchi bitta o‘qi 
etakchi bo‘lgan avtomobil oddiy 
avtomobil deyiladi.
2. Yomon va moslashtirilmagan 
yo‘llarda harakatlanuvchi ikkita yoki 
uchta o‘qi etakchi bo‘lgan avtomobil 
1.5-rasm. Orqa g‘ildiraklar yetakchi 
bo‘lgan avtomobil 
1.6-rasm. Oldingi g‘ildiraklar yetakchi 
bo‘lgan avtomobil 
1.7-rasm. O‘tag‘on avtomobillar: 
a) – ajratiladigan uzatmalar qutisi mavjud;
b) – avtomatik ravishda ajratiladigan uzatmalar 
qutisi mavjud; 
 v) – doimiy ulangan uzatmalar qutisi мавжуд.
 


18 
o‘tag‘on avtomobil deyiladi. 
Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar 
tashiladi. 
Avtomobillarning yetakchi g‘ildiraklarning joylashishi bo‘yicha sinflanadi. 
Dvigateldan uzatiladigan burovchi momentni qabul qilishiga qarab avtomobillar 
oldingi g‘ildiraklar yetakchi, orqa g‘ildiraklar yetakchi va ikkala g‘ildiraklar ham 
yetakchi bo‘lgan turlarga ajratiladi. 
Orqa g‘ildiraklar yetakchi – bunday avtomobillarda dvigateldagi burovchi 
moment orqa g‘ildiraklarga uzatiladi. Orqa g‘ildiraklar avtomobilni harakatga 
keltiradi, oldingi g‘ildiraklar faqat harakatni o‘zgartirish uchun hizmat qiladi. 
Oldingi g‘ildiraklar yetakchi – bunday avtomobillarda dvigateldagi burovchi 
moment oldingi g‘ildiraklarga uzatiladi va oldingi g‘ildiraklar bir vaqtning o‘zida 
harakatni o‘zgartirish uchun ham hizmat qiladi. 
Ikkala g‘ildiraklar ham yetakchi –bunday avtomobillarda dvigateldan 
uzatilgan burovchi moment bir vaqtning o‘zida oldingi va orqa g‘ildiraklarga 
uzatiladi. 
Avtomobillarning gabarit o‘lchamlari bo‘yicha ham klassifikatsiyalanadi. 
1.8-rasm. Gabarit o‘lchamlari bo‘yicha avtomobillarning sinflari.


19 
Gabarit o‘lchamlari bo‘yicha avtomobillar oltita sinfga ajratiladi. Sinflar 
lotin alfaviti harflari bilan belgilanadi: A, B, C, D, E, S (yoki F) (1.8-rasm).

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə