1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-7-35

O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan 
boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim – 1996 yil 19 iyulni O‘zbekiston hayoti 
uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman
»
3
degan edilar. Zero, ana shu 
zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar 
xalqimizni bu sohada ham hech kimdan kam emasligini, aksincha, raqobat 
borasida ko‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi. 
Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000 yilda 30700 dona 
avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010 yil yakunida bu ko‘rsatkich 217733 
donani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, avtomobil ishlab chiqarish keyingi o‘n yil 
oralig‘ida 181033 donaga yoki 7,1 martaga oshgan. 
Ishlab chiqarilayotgan ―CAPTIVA‖, ―EPICA‖, ―TACUMA‖, ―LACETTI‖, 
―SPARK‖, ―NEXIA‖, ―DAMAS‖, ―MATIZ‖ singari avtomobillar jahon bozorida 
yurtimiz 
nomini 
dunyoga 
taratmoqda. 
Masalan: 
O‘zbekiston Rossiya 
Federatsiyasiga 2005 yilda eng ko‘p avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 
3
Karimov I.A.Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 21 yanvarda bo‘lib o‘tgan 2010 yil yakunlari va 
2012 yil oldimizga turgan vazifalarimiz to‘g‘risidagi ma‘ruzasidan


16 
2011 yilda esa Yaponiya va Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb topildi. 2011 
yil Rossiyada ―
Eng yaxshi avtomobil
‖ sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 
―SPARK‖ avtomobili topildi. 
Bir so‘z bilan aytganda, ―GM-Uzbekiston‖ qo‘shma korxonasi keyingi o‘n 
yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga oshishiga munosib hissa 
qo‘shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab 
chiqarilardi. Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab 
chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. 
Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə