1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-7-35

I.P.Kulibin 
1791-yilda gollandiyalik Shamshurenkoning ―o‘ziyurar kolyaska‖ 
g‘oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga keladigan ―samokatka‖ 
sini yaratdi. Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning ravon yurishini 
 
1.1-rasm. Kyunoning bug‘ dvigateli bilan jihozlangan ekipaji. 
 
1.2-rasm. Kulibinning ―samokatka‖si 1791-yil.
 



ta‘minlaydi (1.2-rasm). Undan tashqari ―samokatka‖da tezliklar qutisi va tormoz 
qurilmasi mavjud edi. 
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etib, kuzovga 
ikki odam joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa ―samokat‖ ning 
orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar edi. 
Kulibinning ―samokatka‖si avtomobilning yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri 
bo‘ldi. 
XIX asrning 80-yillariga kelib, Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa Evropa 
davlatlarida neft qazib chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilishi va neftni qayta ishlash 
zavodlarining barpo etilishi, benzinli yoki dizel yonilg‘isida ishlaydigan ichki 
yonuv dvigatellari
2
bilan jihozlangan avtomobillarning takomillashishiga etarli 
zamin tayyorlagan edi. 
Germaniyadagi Reyn daryosi qirog‘ida joylashgan Mangeym shahri 
dunyodagi birinchi avtomobilning Vatani deb yuritiladi. 1885 yilning bahorida 
Karl Bens 
ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o‘zi yurar aravani 
yaratdi (1.3a-rasm). 
Daymler 
Bensdan mustaqil ravishda o‘zining havo bilan sovitiladigan 
benzinli dvigatelini yaratib, 1883-yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu 
dvigatelni maxsus velosipedga o‘rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa 
qulamasligi uchun roliklar o‘rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885 yili 
2
 
Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va 
transmissiya orqali harakatga keltirish uchun hizmat qiladi.
 
 
1.3-rasm. Birinchi avtomobil: a — Karl Bens; b — Gotlib Daymler
 
 


10 
dunyoda birinchi mototsikl yaratildi. Daymler Bensdan farqli ravishda 1886-yilda 
o‘zining to‘rt g‘ildirakli avtomobilini yaratdi (3b-rasm). 
Frantsiya-Prussiya urushi ―Daymler‖ avtomobillarining Frantsiya bozoridagi 
mavqeiga jiddiy putur etkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi 
―Daymler‖ni boshqa nom bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi, ya‘ni ―Daymler‖ 
markasi – firma savdo vakilining 12 yoshli qizining ismi ―Mersedes‖ bilan 
almashtiriladi. ―Mersedes‖ avtomobili shu tariqa dunyoga keladi. 
Ko‘p yillik raqobatdan so‘ng 1926-yili ―Daymler‖ va ―Bens‖ firmalari 
birlashadilar, uch qirrali ―

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə