1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi


-rasm. Engil avtomobilning umumiy tuzilishi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1-7-35

1.9-rasm. Engil avtomobilning umumiy tuzilishi. 
1 — yoritish farasi; 2 — dvigatelni sovitish tizimi parragi; 3 — dvigatelni sovitish tizimi 
radiatori; 4 — uzgich-taqsimlagich; 5 — dvigatel; 6 — akkumulyator batareyasi; 7 — yondirish 
g‘altagi; 8 — havo filtri; 9 — oldingi osma amartizator ustuni; 10 — oyna tozalagich suv 
bachogi; 11 — uzatmalar qutisi; 12 — oyna ko‘targich ruchkasi; 13 — eshik ochgich ichki 
ruchkasi; 14 — orqa osma richagi; 15 — orqa oyna tozalagich; 16 — asosiy so‘ndirgich; 17 — 
orqa amortizator; 18 — orqa g‘ildirak tormozi; 19 — orqa osma balkasi; 20 — orqa osma 
shtangasi; 21 — yonilg‘i baki; 22 — to‘xtab turish tormoz richagi; 23 — qo‘shimcha 
so‘ndirgich; 24 — tormoz sistemasi vakuum yuritgichi; 25 — oldingi g‘ildirak vali; 26 — oldingi 
g‘ildirak tormozi; 27 — oldingi osma shtangasi. 


22 
Agregat - bir necha tizilmalarni bir butun qilib birlashtirgan holda ishlovchi 
qurilma. (masalan, avtomobil dvigateli, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi va 
yetaklovchi ko`prik). 
Tarmoq (sistema) - bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig‘indisi 
(masalan, ta‘minlash tarmog‘i, moylash tarmog‘i yoki sovitish tarmog‘i va 
boshqalar). 
Avtomobil kuzovlari yuk va yo‘lovchilarni qulay joylashtirish uchun xizmat 
qiladi. Engil avtomobil kuzovlari dvigatelning joylashuvi, ish sharoiti va qanday 
ishga mo‘ljallanganligiga, eshiklar soni va yuqori qismining shakliga qarab 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
Sedan –kuzovi uch bo‘lmali, to‘rt eshikli ikki yoki uch qator o‘rindig‘i bor, 
usti yopiq va ichki to‘sig‘i yo‘q (1.11-rasm). 
Kupe – kuzovi ikki bo‘lmali, ikki eshikli, usti yopiq bir yoki ikki qator 
o‘rindiqli (1.12-rasm). 
Limuzin –kuzovi uch bo‘lmali, to‘rt eshikli, usti yopiq, uch qator o‘rindig‘i 
bor, birinchi qator o‘rindig‘i orqa qator o‘rindiqlaridan oynali to‘siq bilan 
ajratilgan (1.13-rasm). 
kuzov 
shassi 
dvigatel 
1.10-rasm. Avtomobilning umumiy tuzilishi. 


23 
Kabriolet – kuzovi uch bo‘lmali, usti va orqa qismi yig‘ishtiriladi va yon 
eshiklari oynasini tushirish mumkin (1.14-rasm). 
Universal – ikki bo‘lmali kuzovi bo‘lib, ikki yoki to‘rt eshikli, orqa qismida 
ochiladigan darchasi bor. 
Faeton- kuzovi ikki bo‘lmali, usti soyabonli qismi yig‘ishtiriladi va yon 
qismi oynali bo‘lib, u olinib qo‘yilishi mumkin. 
Kombi (xetchbek) –ikki bo‘lmali, usti yopiq kuzovida ikki yoki to‘rt yonaki 
va bitta orqa eshigi bor (1.15-rasm). 
Pikap – yuk-passajir kuzovining usti ochiq yuk sathi bo‘lib, yon tomonida 4-
6 kishilik bo‘ylama joylashgan o‘rindiqlari bo‘lishi mumkin, ikki kishilik yopiq 
kabinasi bor (1.16-rasm). 
Xardton – yig‘ishtiriladigan tentli tomi bor, yon tomonidagi oynalari 
tushiriladi. kuzovi kupe, yoki sedan turida bo‘lishi mumkin. 
1.11-rasm 
1.12-rasm 
1.13-rasm 
1.14-rasm 
1.15-rasm 
1.16-rasm 


24 
Furgon – shassiga o‘rnatilgan ixtisoslashgan yuk kuzovi oynasiz qilib 
ishlangan, orqa tomonida ochiladigan ikki eshigi bor, haydovchining bo‘limi yuk 
bo‘limidan ajralgan. 
Yuqorida qayd etilgan avtomobil kuzovlari ramasiz konstruksiyaga ega 
bo‘lib, karkasli yoki karkassiz bo‘lishi mumkin. 
Shassi - avtomobilning asosi bo‘lib, uch turkum mexanizm va tarmoqlarni 
o‘z ichiga oladi. Kuch uzatmasi, yurish qismi va boshqarish tarmoqlari. 
Kuch uzatmasi mexanizm va agregatlarning qo‘shilmasidan tarkib topgan 
bo‘lib, dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirgan holda etakchi 
g‘ildiraklarga uzatib beradi. Kuch uzatmasiga quyidagi mexanizmlar va agregatlar 
kiradi: ishlash muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, keyingi etakchi 
ko‘prikning ichida joylashgan asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar. Ishlash 
muftasi dvigatelni kuch uzatmadan qisqa muddatga uzib qo‘yishga va ularni ravon 
ulashga, shu tariqa avtomobilni joyidan asta-sekin qo‘zgatishga xizmat qiladi. 
Uzatmalar qutisi dvigatel hosil qilgan burovchi moment kattaligini oshirib, 
kardanli uzatmaga yetkazib beradi. Shu bilan birga dvigatelni qisqa yoki uzoq 
muddatda kuch uzatma mexanizmlaridan ajratib qo‘yadi. Shuningdek, uzatmalar 
qutisi va avtomobilning orqaga yurishini ham ta‘minlaydi. 
Dvigatel, ishlash muftasi va uzatmalar qutisi bir butun shaklida joylashib, 
ularning asosiy o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotgani uchun ularni kuch bloklari deb 
yuritiladi. 
Kardanli uzatma uzatmalar qutisidan keyin joylashgan bo‘lib, undan olgan 
burovchi momentni o‘zgaruvchan burchak ostida asosiy uzatmaga etkazib beradi. 
Asosiy uzatma differensial va yarim ketingi etakchi ko‘prikda joylashgan bo‘lib, 
kardandan kelayotgan burovchi momentni etakchi g‘ildiraklarga kuchaytirgan 
holda etkazib beradi. 
Yurish qismi avtomobilning ilgarilama harakatlanishini ta‘minlaydigan 
aravadan tashkil topgan. Uning asosi bo‘lib rama xizmat qiladi. Ramaga esa 
avtomobilning barcha agregat, mexanizm va qismlari o‘rnatiladi, oldingi o‘q va 
keyingi ko‘prik esa ressoralar yordamida ramaga biriktiriladi. Ressora qayishqoq 


25 
shinali g‘ildiraklarning yo‘l notekisliklariga urinishi natijasida hosil bo‘lgan 
turtkilarini yumshatib, ramaga uzatadi. Amortizator esa turtkilarni yumshatishda 
hosil bo‘lgan tebranishlarni so‘ndiradi. 
Boshqarish tarmog‘i avtomobilning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, 
sekinlashtirish va to‘xtatish uchun xizmat qiladi.
Boshqarish tarmog‘i ikkita alohida qismdan: rul boshqarmasi va tormozlash 
boshqarmasidan iborat. 
Rul boshqarmasi rul chambaragi, rul mexanizmi, bo‘ylama tortqi va 
richagdan tashkil topgan. Bu tarmoqda rul chambaragining burilishi natijasida 
trapetsiya hosil qilgan tortqi va richaglar yordamida oldingi g‘ildiraklar buriladi va 
avtomobil o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. 
Tormoz boshqarmasi g‘ildiraklar va hamda kuch uzatmasida joylashgan 
tormoz mexanizmlari bilan ularga keltirilgan yuritmalardan tashkil topgan. Bu 
boshqarma tarmoqlari avtomobil harakatini sekinlatish, to‘xtatish va to‘xtab turgan 
avtomobilni siljishdan saqlaydi. 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə