1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1-7-35

Avtomobilning ergonomik
4
 xususiyatlari. 
Mashinalar odamlar uchun 
yaratiladi. Bu oddiy jumla aslida yerusti transport vositalariga nisbatan ergonomika 
va dizaynning vazifalarini aniqlab beradi. 
Avtomobilning ergonomik xususiyatlari deb, haydovchining faoliyatini 
oshirish maqsadida shakllantiradigan xususiyatlarga aytiladi. Avtomobilning 
ergonomik xususiyatlari to‘rt guruhga bo‘linadi: 

gigienik; 

antropometrik; 

fiziologik; 

psixologik. 
Gigienik ko‘rsatkichlar
–haydovchilar ish joyining sanitariya me‘yorlariga 
javob berishini hisobga oladi. Ularga ichki shovqin darajasi, haydovchi ish 
joyining vibroyuklanishi va haydovchi ish joyidagi mikro iqlim (harorat, namlik, 
havoning kimyoviy tarkibi va b.) kiradi.
Antropometrik ko‘rsatkichlar
haydovchi ish joyining ishlashga qulayligini 
harakterlaydi. Ularga haydovchining o‘rindiqda joylashishi, boshqaruv 
4
Ergonomika (grekchadan «ergon» - ish, «nomos» - qonun) - mehnat qurollari va sharoitlarining 
insonga moslashishi haqidagi fan.


28 
organlarining boshqarishga qulayligi va haydovchi atrofidagi bo‘shliq kiradi. 
Haydovchining o‘rindiqda qulay joylashishi uning harakatlari aniq va tez 
bajarilishiga olib keladi, natijada haydovchi uzoq vaqt charchamasdan ishlashi 
mumkin. 
Fiziologik 
ko‘rsatkichlar
avtomobilning 
boshqaruv 
organlariga 
sarflanadigan kuchning haydovchi organizmining jismoniy imkoniyatlariga 
muvofiq kelishini belgilaydi. Fiziologik ko‘rsatkichlarga avtomobilning boshqaruv 
organlariga qo‘yilgan kuch va boshqarishni avtomatlashtirish kiradi. 
Psixologik 
ko‘rsatkichlar
haydovchiga 
ta‘sir 
qilayotgan 
barcha 
axborotlarning uning psixofiziologik imkoniyatlariga mosligini belgilaydi. Ularga 
avtomobilning agregat va tizimlaridan kelayotgan axborot, haydovchi ish joyidan 
ko‘rinuvchanlik, tovush orqali uzatiladigan axborot kiradi. 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə