1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi


Avtomobilning xavfsizlik xususiyati



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-7-35

Avtomobilning xavfsizlik xususiyati. 
Avtomobilning xavfsizligi muhim ekspluatatsion xususiyat bo‘lib, 
insonlarning hayoti va sog‘lig`iga, avtomobilga, yuklarga va atrof-muhitga zarar 
etmasligini belgilaydi. Avtomobil xavfsizligi to‘rt guruhga bo‘linadi: 

aktiv xavfsizlik; 

passiv xavfsizlik; 

avariyadan so‘nggi xavfsizlik; 

ekologik xavfsizlik. 
Aktiv xavfsizlik
deb, avtomobilning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi 
ehtimolini pasaytirishni ta‘minlaydigan xususiyatga aytiladi. Faol xavfsizlik 
tormoz xususiyatiga, boshqariluvchanlikka, turg‘unlikka, buriluvchanlikka, 
ekologik xususiyatiga, chiroq va tovush qurilmalariga bog‘liq. 
Passiv xafvsizlik
deb, yo‘l-transport hodisasining oqibatlarini kamaytirishni 
ta‘minlaydigan xususiyatga aytiladi. Faol emas xafvsizlik ichki va tashqi bo‘lishi 
mumkin. 
Avariyadan so‘ngi xavfsizlik
deb, YTH natijasida paydo bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan havfli oqibatlarning oldini olish xususiyatiga aytiladi. Havfli oqibatlarga 
yong‘in, avariyadan so‘ng avtomobil eshiklarining qulflanib qolishi, avtomobil 


29 
ichiga suv kirishi (agar avtomobil cho‘kkan bo‘lsa) kiradi. Avariyadan so‘nggi 
xavfsizlikni ta‘minlash uchun avtomobil o‘t o‘chirish asboblari, dori qutichalari 
(aptechka) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, odamlarning avtomobil 
ichidan tez chiqib ketishini ta‘minlaydigan qo‘shimcha eshik va lyuklar bilan 
jixozlangan bo‘lishi kerak. 
Ekologik xavfsizlik
deb, avtomobil o‘z vazifasini bajarayotganda odamlarga, 
hayvonot dunyosiga va atrof-muhitga zararli ta‘sirini kamaytirish xususiyatiga 
aytiladi. Ularga ishlatilgan gazlarning tutuni va zahari, shovqin va radio-
to‘lqinlarni o‘zgartirishi kiradi. Ishlatilgan zaharli gazlar tarkibida uglerod okisi 
CO
, uglevodorod 
CH
va azot oksidlari 
x
NO
kiradi. Bu zaharli gazlar odamlarga 
va hayvonot dunyosiga zarar yetkazadi. Ularning miqdori halqaro standartlarga va 
boshqa hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. Avtomobilning dvigateli va boshqa 
agregatlarining shovqini me‘yori ham cheklab qo‘yilgan bo‘lib, shovqinni 
kamaytirishga mo‘ljallangan konstruktiv tadbirlar amalga oshiriladi. Avtomobilda 
radio to‘lqinlarga zarar etkazuvchi asosiy qism dvigatel hisoblanadi. 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə