Huquqiy hujjatlar



Yüklə 327,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü327,53 Kb.
#158807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6.1 (1)




Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SEYSMIK FAOL 
HUDUDLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR, NORMATIV-
HUQUQIY HUJJATLAR 
 
Mashg‘ulot maqsadi: 
Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari haqida 
umumiy ma’lumotlar berish, aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar 
mazmuni va mohiyatini yetkazish. 
Vaqti 
– 2 soat. 
Mashg‘ulot uslubi
– nazariy. 
Mashg‘ulot o‘tish shakli
– masofaviy. 
 
O‘quv savollari va vaqt taqsimoti: 
 
I. 
KIRISH
5 daqiqa 
II. 
ASOSIY QISM 
70 daqiqa 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari haqida umumiy 
ma’lumotlar
 
15 daqiqa 
2. 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning mazmuni va 
mohiyati
15 daqiqa 
3. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi 
“O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF 144-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati
20 daqiqa 
4. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794 sonli Qarori mazmuni va mohiyati
20 daqiqa 
III. 
YAKUNIY QISM
 
5 daqiqa 
 
 
I.
 
KIRISH 
 
Mamlakatimizning geologik-geografik joylashuvi, iqlimidan kelib chiqqan 
holda 
aholini 
va 
hududlarni 
yuzaga 
kelishi 
mumkin 
bo‘lgan
tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, odamlarning hayot 
faoliyati xavfsizligi va salomatligini saqlash alohida o‘rin tutadi, shuning uchun ham 
bu soha boshqa sohalar kabi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
xisoblanadi.
YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarari va 
insonlar halokati bo‘yicha tabiiy ofatlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyalik 
tadqiqotchi M.A.Klyachkoning 1850 yildan 1990 yilgacha va boshqa 
tadqiqotchilarning 2010 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlariga asosan yer shari bo‘yicha 
zilziladan halok bo‘lgan insonlarning soni taxminan 2,5 mln. kishini tashkil qiladi. 
Yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasidagi ilg‘or horij tajribasi 



shuni ko‘rsatadiki, ularning oldini olish chorasini ko‘rish va bunga erishish, sodir 
bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaraganda iqtisodiy jihatdan tejamli va 
samarali hisoblanadi.
Shu boisdan, ilg‘or horij tajribasi asosida mamlakatimizda “O‘zbekiston 
Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi 
“O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 144-sonli Farmoni, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi 
va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu normativ-
huquqiy hujjatlarda respublikamiz aholisi va hududining seysmik xavfsizligini 
ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek jismoniy va 
yuridik shaxslarning ushbu sohadagi huquq hamda majburiyatlari va boshqa bir 
qator masalalar yoritilgan. 

Yüklə 327,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə