Huquqiy hujjatlar



Yüklə 327,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix24.12.2023
ölçüsü327,53 Kb.
#158807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6.1 (1)

Qounnning 5-bobi
“YAkunlovchi qoidalar” deb nomlanadi, unda Seysmik 
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik, ushbu sohada qonunchilikni 
buzganlik uchun javobgarlik, qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati
va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash, qonunchilikni ushbu Qonunga 
muvofiqlashtirish, Qonunning kuchga kirishi muddati belgilangan. 
 
3-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmonining 
mazmuni va mohiyati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston 
Respublikasining 
seysmik 
xavfsizligini 
ta’minlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 144-sonli Farmoni 24 ta band
va quyidagi ilovalardan iborat: 
1.
1-ilova
. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish Konsepsiyasi. 
2. 
1a-ilova.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining 
maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari. 
3. 
2-ilova.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 
2022-2023 yillarda amalga oshirish «YO‘L XARITASI». 
4. 
3-ilova.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 
kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar.
 
 
Ushbu farmonga asosan quyidagicha tartib o‘rnatilgan:
a) 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida 
yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili 4 toifaga mansub bo‘lgan 
ob’yektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi. 
Bunda, Qurilish vazirligi ekspertizadan o‘tkazilgan xavflilik omili 4 toifaga 
mansub 
ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga 
yo‘naltirishga, Fanlar akademiyasi ob’yektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy 
xulosalar berishga mas’ul etib belgilangan. 
Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 
O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan 
xavflilik omili 4 toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik 
bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat 
loyihasini ishlab chiqishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi; 
b) Fanlar akademiyasi tomonidan Respublikaning seysmik faol zonalarida 
joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona 
integratsiyalashgan platformasidagi ma’lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha 
ob’yektlarining ro‘yxatini har yili 1 aprelga qadar shakllantirib borish hamda 
instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan 
kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 



Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya, 
inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
sohasini qo‘llab-quvvatlash hisobidan qoplanishi belgilangan; 
v) 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-
joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti 
yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan 
seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida 
bosqichma-bosqich 
yangi 
uy-joylar qurish 
bo‘yicha 
takliflar 
mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi. 
Bunda, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy-
joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat 
boshqaruvi organi etib belgilangan; 
g) 2023 yil 1 maydan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarining 
zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, mazkur 
yo‘nalishdagi mas’ul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan 
ma’lumotlar bilan ta’minlab boriladi. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar 
agentligi mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul davlat organi etib belgilangan. 
Bundan tashqari farmonning 7-bandida 2023 yildan boshlab respublikaning 
seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori bo‘lgan seriyali 
qurilishi 
rejalashtirilgan 
yoki 
tanlab 
olingan 
bino 
va 
inshootlarning 
zilzilabardoshligini oshirish, sifatini ta’minlash hamda kamchiliklarni oldindan 
bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan 
instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib borilishi, sinov 
va tekshiruvlar qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 
o‘tkazilishi belgilangan. 
Shuningdek ushbu farmon bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab: 
a) seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari rahbar kadrlari 
va 
xodimlarining 
Aholining 
barcha qatlamlarini 
zilzilaga 
tayyorlashga 
mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash kurslari o‘tkazib boriladi. 
Bunda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari rahbar kadrlarning 
aholiga zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalarini tushuntirish, kuchli zilzilalardan 
talafotlarsiz chiqish hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 
ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltiriladi; 
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi: 
har uch yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib 
boradi; 
milliy elektron platformaga malaka oshirish bo‘yicha zamonaviy dasturlarni 
ishlab chiqib, kiritadi va muntazam ravishda yangilab boradi. 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2022 yil 
1 dekabrga qadar milliy elektron platformaning yuritilishi hamda malaka oshirish 
va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash va amalga kiritish 
vazifasi belgilangan. 
Ushbu farmonga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan: 



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan 
birgalikda 2022 yil 1 avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, 
zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun 
mo‘ljallangan mobil ilovani ishlab chiqishi; 
2023 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga 
tayyorlash 
tartibi 
to‘g‘risidagi 
nizomni 
tasdiqlashni 
nazarda 
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqshi va belgilangan tartibda Vazirlar 
Mahkamasiga kiritilishi belgilangan. 

Yüklə 327,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə