Huquqiy hujjatlar



Yüklə 327,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü327,53 Kb.
#158807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6.1 (1)

Qonunning 2-bobi
“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat 
tomonidan tartibga solish” deb nomlanadi, unda: Vazirlar Mahkamasining
Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Qurilish vazirligining, Fanlar akademiyasining, 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
sohasidagi vakolatlari belgilangan.
 Qounnning 3-bobi
“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatni 
tashkil etish” deb nomlanadi, unda quyidagi masalalar yoritilgan: seysmik xavfni 
baholash, zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash, binolar va inshootlarning 
zilzilabardoshligini tekshirish hamda monitoring qilish, seysmik xatarni baholash, 
seysmik xatarni kamaytirish, zilzila oqibatlarini bartaraf etish, kuchli zilzilalar 



natijasida yetkazilgan zararni baholash, kuchli zilzila natijasida zarar ko‘rgan 
ob’yektlarni tiklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish. 
Qonunning 17-moddasiga asosan kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish 
doirasida hududlarda: 
aholini kuchli zilzila zonasidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish 
ta’minlanadi; 
qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-tiklash ishlari amalga 
oshiriladi; 
binolarning hamda muhandislik-transport infratuzilmasining shikastlanish 
darajasi tezkor va batafsil o‘rganiladi; 
kuchli zilzila tufayli yetkazilgan zarar aniqlanadi; 
kuchli zilzila oqibatida buzilishi, tiklanishi yoki qayta qurilishi lozim bo‘lgan 
binolar va inshootlar aniqlanadi; 
zilzila natijasida vayron bo‘lgan binolar va inshootlarni qayta qurish hamda 
tiklash amalga oshiriladi. 
Qounnning 4-bobi
“Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni 
ta’minlash sohasidagi huquq hamda majburiyatlari” deb nomlanadi, unda jismoniy 
va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqlari
va majburiyatlari belgilangan. 

Yüklə 327,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə