1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi


Mavzuni mustahkamlash bo’yicha keys-stadi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-7-35

Mavzuni mustahkamlash bo’yicha keys-stadi 
Keys-stadi inglizcha case - aniq vaziyat, stadi – ta‘lim 
co‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni 
o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan 
ta‘lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta‘lim metodidan farqli ravishda real 
vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u 
o‘quv jarayonida ma‘lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod 
xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich
ma‘lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi. 
1. Mavjud vaziyat 
Xayotimizga avtomobillar shunchalik kirib kelganki 
ularsiz xayotni tasavvur qilish qiyin. Xususan hozirgi kunda xom ashyo va tayyor 
maxsulotlarni tashish, ochiq usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida 
uy-joy binolari va sanoat korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga zarur yuklar, 
o‘g‘it va turli maxsulotlar tashish, keng iste‘mol mollarini bevosita 
iste‘molchilarga o‘z vaqtida etkazib berish va boshqa maqsadlarda 
avtomobillardan foydalaniladi. Yuk avtomobillaridan tashqari yo‘lovchi 
avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik turmushidagi ahamiyati 
katta.
Birinchi avtomobil qayerda va qachon yaratilgan, avtomobillardan avval 
qanday harakat vositasi bo‘lgan? Harakat manbai bo‘lgan dvigatellar qachon 
yaratilgan? Dvigatellarning qanday turlari bor? Hozirgi davrda qanday 
avtomobillar yaratilmoqda va xokazo savollarga javob topish uchun avtomobil 
tarixiga nazar tashlaymiz. 
«Avtomobil» so‘zi grekcha «autos»-o‘zi va lotincha «mobilis»- 
harakatlanuvchi so‘zlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib «O‘zi- harakatlanuvchi» 
degan ma‘noni bildiradi. Avtomobil–quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi 


35 
bo‘lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan hamda 
katta qulaylikka va xafsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va 
odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan mashinadir. Avtomobilni bunday ta‘riflash 
uni boshqa transport vositalaridan ajratib turadi. 
Muammoli keys. 
Savol: Avtomobilni hozirgi kunda inson xayotida tutgan 
o‘rni va ahamiyati qanday? Qanday qilib avtomobillarni istiqbollariga erishildi. 

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə