Goldarxdesign



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/12
tarix30.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Fazilat


Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutI
Arxitektura fakulteti
303-Dizayn guruhi talabasi Rafikova Fazilat
MALAKAVIY AMALIYOTI
HISOBOTI
26.06.2023 yildan 08.08.2023-yil sanasigacha Samarqand Shahrida joylashgan “GOLDARXDESIGN”MCHJ tashkilotiga amaliyot o'tadik.
Kirish. Amaliyot bu o'quv dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi, ya'ni oliy o'quv yurtida olgan nazariy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va mustaxkamlash, kasbiy faoliyatini to'la amalga oshira olish malaka va ko'nikmalarini shakllantirishdir.
1-kun.26.06.2023
1-Mavzu:Korxona tashkilot rahbariyati bilan tanishish. Talabalarni mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
Biz 303-guruh talabalari hamda Institutdan biriktirilgan Amaliyot o'qituvchimiz Alixuja Haqberdiyev bilan 2023 yil 26-iyun kuni Malakaviy amaliyotimizning birinchi kunida Samarqand shahrida joylashgan“GOLDARXDESIGN”MCHJ tashkilotiga bordik.
“GOLDARXDESIGN”MCHJ tashkilotiga o’qituvchimiz Alixuja Haqberdiyev bilan ilk kun
Biz bugun“GOLDARXDESIGN”MCHJ tashkiloti rahbari bilan tanishdik. Tashkilot rahbari Qo’chqorov Bobur aka hamda tashkilot mutaxassislari bizni kutib oldilar va tashkilot haqida ma'lumot berdilar. “GOLDARXDESIGN”MCHJ tashkiloti bosh arxitektori bilan xam tanishdik.
Bosh arxitektor bizga tashkilotning har bir bo'limi haqida, u yerda bajariladigan vazifalar hamda korxona oldiga qo'yilgan maqsadlar, korxonaning umumiy tasnifi haqida so'zlab berdilar. Biz tashkilot xodimlari faoliyat yuritadigan har bir xona bilan tanishib, ularni kuzatib chiqdik.
2- Mavzu. Talabalarni mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish. Tashkilotda texnika xavfsizligiga javobgar rahbarimiz bizga texnika xafsizligi to’g'risidagi qonun qoidalar haqida tanishtirib berdi. Tashkilotda foydalaniladigan barcha texnik vositalar shuningdek skaner qilish, tashkilotga tegishli bo'lgan komyuter qurilmalari, printer, monitor, plotter hamda proyektorlardan unumli va samarali foydalanish, elektor xavfsizligi qoidalari va quyida keltirilgan asboblar, mexanizmlardan foydalanganda texnika xavsizligi qoidalariga qat'iy amal qilish haqida ma'lumot berdi.
3-Mavzu.Talabalarni tashkilot bo'limlariga biriktirish. Institut tomonidan biriktirilgan uqituvchimiz Alixuja Haqberdiyev va tashkilot rahbari bilan amaliyot o'tash jarayonlari samarali o'tishi uchun bizni ikki guruhga ajratdilar. Tashkilotda faoliyat yuritib kelayotgan professional mutaxassislarga biriktirdi.Bizga biriktirilgan mutaxassislar talabalar bilan birma bir yaqindan tanishib chiqdi va 30 kun davomida qilinishi lozim bo'lgan jarayonlar va maqsadlar haqida gapirib berdi. Mutaxassislar amaliyot davomida o'z bilim va ko'nikmalarini biz bilan bo'lishishga shu bilan bir qatorda biz talabalar ham ma'suliyatni his qilgan holda amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etgan holda bor diqqat va e'toborimizni amaliyot jarayonlariga qaratishimiz kerakligini ta'kidlab o'tdilar. Amaliyotimizning birinchi kuni tanishuv kuni bo'ldi va juda qiziqarli boshlandi.
2-kun 27.06.2023
1-Mavzu. Tashkilot tomonidan biriktirilgan yetakchi mutaxassis rahbarligida talabalarni kichik guruhlarga ajratishv va loyiha tashkilotlari yoki firma bilan tanishtirish.
Bugun Amaliyotimizning ikkinchi kuni bo’lib bugungi rejamizdan biri me'yoriy hujjatlar bilan tanishishdir. Aamaliyot o'qituvchimiz Haqberdiyev A va tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan birgalikda ularning ish faoliyatlari jarayonlarida foydalaniladigan meyoriy hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Tashkilot tominidan biriktirilgan masul xodim Qurilish boshlash va uni loyihalashdan oldin zarur bo'ladigan bir qancha xujjatlar QMQ 2.01.01.97, QMQ02.02.04.94, AIT3, KK, AP, IIIHK, 1.04.03.05, Iqlim Pasporti, Qurilish materiallari, IIIHK 2.02.29.98 Turarjoy va jamoat binolari Muxandislik uskunalari qurilmalari nomli me'yoriy hujjatlardan to'g'ri foydalangan holatda biror bir binoni loyihalash va uni Ekspertiza jarayoniga tayyorlash haqida tushunchalar berildi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə