Goldarxdesign



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/12
tarix30.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fazilat

1-Mavzu. Tashkilot yetakchi mutaxassislari tomonidan bajarilayotgan arxitekturaviy loyihaning interyer yechimi xususiyatlarini o'rganish.
Amaliyotimizning 19-kuni tashkilot tomonidan biriktirilgan mutaxassislar hamda tashkilotda faoliyat yurituvchi dizaynerlar talabalarga loyhaning ichki dizayni yabi interyer yechimi haqida malumot berib o’tdilar. Ichki muhit 3DS Max dasturida loyhalanib ushbu dastur bir muncha murakkab bo'lgani bilan unda loyihalarning bejirim va ko'rkam ko'rinishga keltirish mumkinligi haqida aytib o'tdilar.
2-Mavzu. Arxitekturaviy loyihaning interyer yechimlari va interyerning bezak ishlari xususiyatlarini amalga oshirish jarayonlarida qatnashish.
Dastavval mutaxasislar ushbu dasturning kelib chiqishi haqida ma'lumot berib o'tdi. 3ds MAX uch o'lchovli modellashtirish va ko'rgazmali namoyish qilish- ning (vizualizasiya) yangicha bosqichi bo'lib bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o'lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkinligi vabunda ikki o'lchovli va uch o'lchovli ob'yektlarni qo'llash imkoniyati mavjud ekanligi, ushbu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma'lum fanlar bo'yicha ko'rgazmali dasturlar tuzish mumkinligini bilib oldik.


3-Mavzu Interyerning bezak ishlarini loyiha asosida obyektda amalga oshirilishi jarayonini kuzatish
Avvalambor ushbu loyihalarni ko'rib chiqishdan oldin dunyo miqyosida innovatsion loyihalar haqida materiallar yig'ib ular haqda ma'lumot yig'dik. Ularga misol qilib butun dunyoga mashhur Dubay shahrida yaqinda qurib bitkazilgan 250 metr balandlikka ega bo'lgan Charxpalakni misol keltirish mumkin. Bundan tashqari ushbu shaharning har bir binosi innovatsion, zamonaviy qilib loyihalangan. Bizning davlatimiz ham chet el davlatlaridan qolishmagan holda innovatsion, osmon o'par hamda zamonaviy inshootlarni lohihalamoqda. Bunga misol qilib Toshkent shahri Olmazor ko'chasida 2019-yildan buyon qurilishi davom etayotgan Nest One loyihasini misol keltirishimiz mumkin.
20-kun 04.08.2023
Mavzu: Interyerni loyihalash mavzusi bo'yicha kerakli maslahatlar
04.08.2023-yil. Amaliyot kuni tashkilotga kelgach 3ds max dasturi bilan shug'ullanuvchi bo'limda dasturchilarning ish jarayonida qatnashdik. O'zimizning loyihamizni ushbu dasturda ishlab chiqish uchun ulardan bir qancha maslahatlar oldik. Interyer dizaynini loyihalashda me'morchilikdagi qurilishning estetik qismiga, inshootlar nimaga mo'ljallanganligiga ko'ra eyihalanishi, Barcha me'moriy obyektlar, mexmonxonalar, uylar, kvartiralar aflarda yaratilgan atmosfera insonga yoqimli his tuyg'uni berishi haqida pirib berdilar. Misol uchun biror bir buyurtmachi tashkilotga kelib kafe yoki restoran uchun interyerni loyihalashni so'rasa u holda uni barcha qulayliklarga yani restoran ishchi xodimlaridan tortib restoran yoki kafega ushrif buyuruvchi barcha mijozlar qulayligini hisobga olgan holda boyihalash kerakligi ta'kidlandi. Restoran shunday bejirim ammo medaga egmaydigan shunday qilib loyihalash kerakki unga birinchi martta tashrif buyurgan mijoz keying safar atrofdagi hamroxlarini yoki bo'lmasam ishdagi hamkorlarini olib kelsin. Bu nimadan dalolat beradi. Gap shundaki unga bir martta tashrif buyurgan mexmon keying safar ish hamkorlarini olib kelishi bu restoran uchun tekin reclama va foyda hisoblanadi. Interyerni to'g'ri bezatish va jihozlash dizaynerning qanday ishchi ekasnligini bildiradi. Shu sababdan ham buyurtmachi professional dizayner dasturchisi bilan qayta va qayta ishlashni istaydi" dedi dasturchi Saidov D.
21-kun.07.08.2023.
Mavzu Interyerni loyihalash mavzusi bo'yicha kerakli maslahatlarni olish
Amaliyotning yangi kunini ham Tashkilot 3 ds max dasturchisidan ma'lumotlar olish bilan o'tkazdik. U dastavval kafeni tog'ri loyihalashni aytib o'tgan edi va ushbu ma'lumotlarni qo'shimcha qildi.Kafe interyeri yechimidagi Bolalar uchun mo'ljallangan maydoncha bo'lishi unga tashrif buyurganlarning qulayligiga sabab bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi. Bunda to'liq ma'lumotlarga ega bo'ldik. Amaliyotimizning 22 kunida esa interyerni loyihalash uchun qanday zaruriy hujjatlar ishlatilishini o'rgandik. Turar joyni qurish va rekonstruksiya qilishda eng qiziqarli qarorlardan biri bu kvartiraning dizayn loyihasidir dedi mutaxassis. Bu individual yondashuvni talab qiladigan maxsus tayyorlangan grafik hujjatlar va hisob-kitoblar to'plamidir. Loyihalashda ishlatilgan jihozlarni internetda masalan veb saytlardan buyurtma berish mumkin. Dizayn bozorida muvaffaqiyatli bo'lgan ko'plab firmalar mijozga buyurtma uchun bosqichma-bosqich to'lovni yoki bo'lib-bo'lib to'lashni taklif qilish kabi qulayliklar yaratib berilgan. Dizayner ta'mirlash guruhini va boshqa xodimlarning faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, g'oyaning sifati, to'g'ri amalga oshirilishi va interyerning uzoq umr ko'rishi uchun javobgardir. Dizayn loyihasini tuzishda malakali mutaxassislarning xizmatlariga murojaat qilish tavsiya etiladi, chunki bu ish professional bilim va ko'nikmalarni talab qiladi. Shu bilan birga, xonalarni o'lchash katta e'tibor taylab etadi. Bu dizayner va quruvchilar jamoasi ishining keyingi bosqichlari uchun zarur bo'lgan asosiy jihatdir. O'lchovlar masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki hatto kichik kamchiliklar ham loyihani ta'mirlash paytida o'zgartirishga olib kelishi mumkin. Bu nafaqat katta katta xarajatlarga olib keladi, balki keraksiz tashvishlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
22-kun.08.08.2023..

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə