Goldarxdesign



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/12
tarix30.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fazilat

Mavzu:Aholi punkti va undagi binolarni tahlil qilish.
Aholi punktlarini yuksaltirishda quyidagilar e'tiborda bo'ladi:shaharlami rejalashtirishda kishilarning turarjoyi bilan ish joyi orasi 4-5 km dan uzoq bo'lmasligi;qadimiy shaharlami zamonaviy qulayliklarga ega qilib qayta qurish yirik shaharlarda aholi ko'payib ketishi hamda ekologik vaziyatning buzilishiga sabab boʻladigan korxonalar qurilishini cheklash va borlarini ko'chirish Va boshqalarni ko’rib chiqdik. Har bir o'tib borayotgan amaliyot kunimizda turli xil kasbimizga ta'luqli ma'lumotlarni olamiz. Turar joyni qurish va rekonstruksiya qilishda eng qiziqarli qarorlardan biri bu kvartiraning dizayn loyihasidir dedi mutaxassis. Bu individual yondashuvni talab qiladigan maxsus tayyorlangan grafik hujjatlar va hisob-kitoblar to'plamidir. Loyihalashda ishlatilgan jihozlarni internetda masalan veb saytlardan buyurtma berish mumkin. Dizayn bozorida muvaffaqiyatli bo'lgan ko'plab firmalar mijozga buyurtma uchun bosqichma-bosqich to'lovni yoki bo'lib-bo'lib to'lashni taklif qilish kabi qulayliklar yaratib berilgan.
28-kun.16.08.2023.
Mavzu:Obyekt bo'yicha olingan natijalarni tahlil qilish va taqqoslashni o'rganish.
16.08.2023-yil. Amaliyotimizning 28-kuni qurilish va loyihalash tashkilotiga kelgach tahkilot tomonidan biriktirilgan rahbarlarimizga uchrashib amaliyot mavzusi va qilinishe kerak bo'lgan ishlarni rejalashtirib topshiriqlarni oldik.Topshiriq shundan iborat ediki tashkilotga loyiha buyurtma qilingan ishlarni mazmunini o'rganish va loyiha boshlashdan avval obyekt bo'yicha olingan natijalarni tahlil qilishni o'rganish. Buyurtma Samarqand shahri Rizo Hoshimov 11 ko'chasi yer maydonida qurilishi kerak bo'lgan turar joy binosi bo'lib, ikki qavatdan tashkil topgan bo'lishi kerak. Loyihachilar tomonidan olingan ma'lumotlarga ko'ra maydon o'lchami 17000x12000 kv metrni tashkil etadi. Ammo quruvchilarning tekshiruviga ko'ra qo'shni devorlar ushbu maydonga yaqin bo'lib atrofdagi obyekt binosi juda eskirgan va qurilish standartlariga javob bermaydigan qilib qurilgan. Agar loyihalanayotgan obyekt uchun kotlovan qazish ishlari olib borilsa atrofdagi devorga zarar yetishi mumkinligi aniqlandi. Shu sababli ushbu vaziyat qaytadan ko'rib chiqildi va oldi olindi. Qo'shni devorlarga zarar yetmasligi uchun maydonga Shpunt trubalar yotqizilishi rejalashtirildi.
29-kun 17.08.2023-yil.
Mavzu:Interyerni loyihalash jihatidan tashkil etish va ishlab chiqish.
17.08.2023-yil. Malakaviy ayotimizning 29-kuni. Tashkilot mutaxassislari va talabalar bilan tashkilotda faoliyat yurutuvchi dizayner hamda 3 ds max loyihalovchilari bilan suhbat olib bordik. Ular yuqorida Joyihalanishi kerak bo'lgan qurilish binosining ichki muhitini ya'ni interyerini tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.Ishlab chiqilgan planga ko'ra bino ikki qavatli bo'lib pastki qismida yerto'la mavjud. Berilgan mazkur plan ikki qavatli bo'lganligi sababli birinchi qavatda oshxona, mehmonxona, dam olish xonasi, yotoqxona va yuvinish xonasi, ikkinchi qavatda esa yotoqxona, mehmoxona, bolalar xonasi, mehmonlar uchun xona va yuvinish xonasi mavjud. Dizaynerning vazifasi ushbu keltirilgan xonalarni to'g'ri va istiqomat qiluvchilar uchun qulay va zamon talablariga javob beruvchi uslub, jihoz hamda dekordan foydalangan holda loyihalanishi rejalashtirildi
30-kun. 18.08.2023
1-Mavzu. Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobotni tayyorlash.
Biz bugun amaliyotimizning so’ngi kunida 30 kun davomida tashkilotda bajargan ishlarimiz, kuzatgan jarayonlarimiz va loyhalar tugrisida hisobot tayyorlashga kirishdik.O’tgan 29 kun ichida amaliyot rahbarimiz Haqberdiyev A tomonidan qanaqa malumotlar olgan bo’lsak barchasini hisobotda qayd etdik.
2-Mavzu Tayyorlangan hisobotni rasmiylashtirish
Tayyor qilgan hisobotimizni amaliyot rahbarimiz korib chiqdi va xato kamchiliklarini aytib o’tdi. Barcha tekshiruvlardan o’tgach hisobotimizni himoya qilishga kirishdik.
3-Mavzu Hisobotni himoya qilish
Tayyor bo’lgan hisobotimizni amaliyot rahbarimiz va kafedra o’qituvchilariga himoya qilib berdik. 30 kun ichida bajargan va o’rgangan narsalarimiz haqida savol-javoblar o’tkazilib tegishlicha baholandi


XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Biz Samarqand shahridagi “GOLDARXDESIGN”MCHJ Qurilish va loyihalash tashlilotida amaliyot o'tash natijasida Arxitektura va Dizayn boʻyicha biz talabalar uchun zarur bo'lgan kasb ko'nikmalarini kengaytirib bordik. Amaliyot davomida korxonani ob'ektiv tavsiflash uchun ma'lumotlar to'pladik. Shuningdek, tashkilot faoliyati va uning tashqi aloqalarini umumiy tahlil qilidik. Shunday qilib, Arxitektor va dizaynerlar faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar asosida bir qator xulosalar chiqarildik. Bajarilgan ishlar va mutaxassilarning talabalarga e'tibori korxonaning kuchli tomonlarini yetkazib berdi. 30 kunlik Malakaviy amaliyot davomida Tashkilotda o'z vaqtini va bilim ko'nikmalarini ayamasdan bizga yordam bergan mutaxassislar va dasturchilar o'zlarining yetuk va malakali va o'z ishiga naqadar mas'uliyatli kadr ekanliklarini namoyon etdi. Ushbu amaliyot o'z tajribalarimizni va mahoratimizni oshirishda muhim bir davr bo'ldi. Ushbu tashkilotda men korxonadagi ishchilar bilan ish jarayonining tashkil etilishi, ularning ish faoliyati, buyurtmachilar bilan ishlash, tashkilot xodimlari bilan ilmiy ma'naviy konfirensiya va yig'ilishlarda ishtirok etish, turli xildagi me'yoriy hujjatlar bilan ishlash va ularni yuritishni o'rgandim. Bundan tashqari turli dasturlardan foydalanishmasalan Auto Cad 3 Ds Max Lumion dasturlari, mutaxassislarning dasturlardan foydalanishdagi turli xil metod va
texnologiyalaridan foydalanib ishlashni o'rgandim. Tashkilotga tashrif buyurgan turli xil buyurtmachilar bilan suhbat jarayoni va ular bilan ishlash jarayonida ularning hoxish istaklarini inobatga olgan xolda loyihalash muhim ekanligini tushundim. Ushbu Malakaviy amaliyot o'tash davrida o'rgangan bilim va ko'nikmalarim kelajakda ish faoliyatimda juda katta asqotadi.
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə